"Pasush de Ferreyra" "Manchester Siti" forvardini ijaraga oladi
09 avg 2022 16:10
Yangiliklar
"Pasush de Ferreyra" "Manchester Siti" forvardini ijaraga oladi
"Manchester Siti" hujumchisi Kayki "Pasush de Ferreyra"ga o'tadi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. 19 yoshli braziliyalik 2022/23 yilgi mavsumni Portugaliya jamoasida ijarada o'tkazadi.
Futbolchida Belgiya va Franciya klublaridan taklif bo'lgan edi, ammo u ushbu variantlarni rad etishga qaror qildi.
O'yinchi bugun "Pasush de Ferreyra"ga o'tishini yakunlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
"Manchester Siti" Kaykini "Fluminense"dan 2021 yilning avgust oyi so'nggida xarid qilgandi. Forvard asosiy jamoada 2ta o'yinda maydonga tushdi. U "shaharliklar"ning yoshlar jamoasi safida 14ta o'yinda 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portali Kaykini 14 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar