"O'zlari simulyaciya qilib, endi axloqdan dars berishyapti!" - Milan meri Kellini va Del Peroni "erga tushirdi"
16 fev 23:40
Yangiliklar
"O'zlari simulyaciya qilib, endi axloqdan dars berishyapti!" - Milan meri Kellini va Del Peroni "erga tushirdi"
Bu safar bahsga Milan shahri meri Juzeppe Sala aralashdi.
Mojaro nimadan boshlandi?
O'yinning 42-daqiqasida turinliklar himoyachisi Per Kalyulyu maydondan chetlatildi. Vaziyatda "Inter" azosi Alessandro Bastoni raqib bilan to'qnashuv bo'lmasa-da, o'zini chiroyli tarzda maydonga tashladi va hakamni aldashga muvaffaq bo'ldi. Bastoni qizil kartochkani xuddi gol urgandek nishonlagani esa turinliklarning g'azabini qo'zidi.
"Yuventus" afsonalarining etirozi:
Djordjo Kellini: Hakamlar boshlig'i Janluka Rokkini istefoga chiqishga chaqirdi.
Alessandro Del Pero: "Inter" shundoq ham kuchli ekanini va bunday nohaq "yordam"lardan xursand bo'lmaslik kerakligini takidladi.
Merning "zarbasi":
Milan meri Juzeppe Sala "Inter" muxlisi ekanini yashirmagan holda, Turin afsonalariga javob qaytardi:
"Bastoni xato qildi, buni bilamiz. Lekin faoliyati davomida "dahshatli" simulyaciyalar ishlatgan odamlarning izohlarini ko'rib hayron qoldim. Kellini va Del Peroning simulyaciyalari aks etgan kadrlar hali ham aylanib yuribdi. Endi esa ular o'zlarini "axloq posboni"dek tutishyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda nafrat uyg'otishdan oldin ehtiyot bo'lish kerak", — dedi Sala.
Shuningdek, mer Bastoni aqlli yigit ekanini va qilgan ishi xato ekanligini o'zi ham tushunib turganini qo'shimcha qildi.
Italiyada "Derbi d'Italiya" maydondan tashqarida ham davom etmoqda. Bu bahslar hali beri tugamaydigan ko'rinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Lekin tugʻri aytkan italya futbolini qotil kamandasidan uynagan karupsianerla xakamdan nolisa galatida))