So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi Yangiliklar

O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash bo'yicha Respublika bo'ylab so'rovnoma boshlanganligi haqida elon qiladi.

Co'rovnomaning yanada xolisligini taminlash maqsadida unda jurnalistlarning mustaqil ravishda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishi 2015 yildan boshlab cheklangan edi. O'sha tizimga asosan ovoz berish jarayonida tahririyatlar ishtirok etadi.

So'rovnomada O'zbekiston va chet eldagi ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari ovoz beradilar.

Mustaqil jurnalist, kolumnist va nyusmeykerlar, shuningdek, sport blogerlarining ovozlari yakunda mustaqil jurnalistlar guruhi ostida birlashtiriladi va bitta ovoz sifatida so'rovnomada qatnashadi. Futbol klublari va terma jamoalarning matbuot xizmatlari ovozi ham yagona “Matbuot xizmatlari” guruhi ostida birlashtirilib, yagona ovoz sifatida so'rovnomada ishtirok etadi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomi (ikki alohida nominaciya hisoblanib) umumiy ballar yig'indisiga qarab aniqlanadi.

Har bir tahririyat 3 nafar murabbiy va 3 nafar futbolchini mukofotga loyiqlik darajasi bo'yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarga qo'yib chiqadi. Ikkala nominaciya bo'yicha ham 3 ta qator to'ldirilishi shart.

Futbolchi va murabbiylar uchun berilgan ovozlar quyidagi tartibda hisoblanadi:

1-o'rin uchun – 3 ball

2-o'rin uchun – 2 ball

3-o'rin uchun – 1 ball

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisiga ovoz berish asnosida murabbiy va futbolchining yil davomidagi faoliyatiga nazar tashlanadi.

Ovoz berayotgan tahririyat to'rtta asosiy kriteriyaga rioya qilishi kerak:

1. Yil davomidagi individual va jamoaviy ravishdagi 

yutuqlari

2. Istedod, iqtidor va Fair Play.

3. Karera

4. SHaxsiyati va uning boshqalarga tasiri

O'zbekiston oliy ligasidagi o'zbekistonlik bo'lmagan xorijlik murabbiy yoki legionerlar so'rovnomada ishtirok eta olmaydi.

Tahririyat o'z ovozini rasmiy maktub bilan O'FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga, shuningdek faks orqali jo'natishlari lozim. Ovoz berish 2 dekabrdan ochiq va 25 kun davom etib, 2016 yilning 27 dekabr kuni dekabr kuni soat 18:00 da to'xtatiladi.

Ovozlar quyidagi manzilga jo'natiladi:

Manzil: Toshkent 100011

O'zbekiston shoh ko'chasi 98 A uy

Faks: +99871 - 244-16-83. Email: media@the-uff.com

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика