O'zbekistonlik hakamlar Ronaldu jamoasi ishtirokidagi OCHL bahsini boshqaradi
07 sen 2023 19:43
Yangiliklar
O'zbekistonlik hakamlar Ronaldu jamoasi ishtirokidagi OCHL bahsini boshqaradi
Osiyo CHempionlar ligasi “E” guruhi 1-turidan o'rin olgan “Persepolis” (Eron) - “Al Nassr” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o'rtasidagi bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Tantashevga qanotlarda FIFA hakamlarimiz Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam berishadi. SHuningdek, zaxira hakami vazifasini yana bir top FIFA hakamimiz Ahrol Risqullaev bajaradi. Eng quvonarli jihati shundaki, ilk bor OCHL bahsida o'zbek referisi VARda ishlaydi. OFK VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlagan Firdavs Norsafarov ushbu bahsda AVAR sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlagan yana bir hakamimiz Abdurashid Xudoyberganov ham “Lion Siti” (Singapur) – “Bangkok Yunayted” (Tailand) bahsida AVAR vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan.
Malumot uchun, ushbu uchrashuv 19-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Hakamlarimizga ushbu uchrashuvlarda omad tilaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar