So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

O'zbekiston va Iordaniya o'yin oldi rasmiy mashg'ulotlarni o'tkazdi Yangiliklar

O'zbekiston va Iordaniya o'yin oldi rasmiy mashg'ulotlarni o'tkazdi

Bugun "Paxtakor" markaziy stadionida 18:00 dan boshlab O'zbekiston Milliy terma jamoasi o'yin oldi rasmiy mashg'ulotlarni o'tkazdi.
Qosimov shogirdlari ikki guruhga bo'lingan holda bir soat davomida mashg'ulot olib bordi. Bugungi rasmiy mashg'ulotlarda asosan yoshlar tarkibi ishtirok etdi. Ularda Farhod Tojiev, Vohid SHodiev, Fozil Musaev va Islom To'xtaxo'jaev ham qo'shildi. O'zbekiston terma jamoasi bugungi mashg'ulotlarni asosan standartlar bilan ishlashga qaratdi. Qizil va ko'k libosga bo'lingan holda olib borilgan mashg'ulotlardan qisman bo'lsada ertangi tarkib malum bo'ldi.

Ertaga taxminiy boshlang'ich tarkib quyidagicha bo'ladi:

Eldor Suyunov - Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, Davron Xoshimov - Vladimir Kozak, Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov, Azamat Isroilov, Fozil Musaev - Farhod Tojiev, Igor Sergeev

Aytgancha ertaga har ikki jamoa oltitadan o'yinchini zaxiradan tushishga kelishib olindi.

19:00 dan boshlab esa Iordaniya terma jamoasi mashg'ulotlarni boshladi. Ushbu jamoa azolari esa asosan to'p bilan ishlash mashqlarini bajardi. Bir soat davomida individual harakatlar ustida ishladi.

Terma jamoalar markazi rasmiy shaxslarini malum qilishicha ertangi uchrashuvga ayni vaqtgacha bor yo'g'i 40 dona chipta sotilgan. Uchrashuvga bo'lgan qiziqish juda pastligi haqida kassa hodimlari aytib o'tmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика