So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

O'zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar va Kanada yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar va Kanada yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi 21–27 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi.

Yig'in doirasida Jasur Abduraimov shogirdlari 23 mart kuni Qatar U-22 termasiga qarshi, 25 mart kuni esa Kanada U-22 termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Doha shahridagi yig'inga quyidagi futbolchilar jalb etilgan:

Darvozabonlar: Botirali Ergashev, Umidjon Ergashev;

Himoyachilar: Akram Komilov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Husniddin G'ofurov, Islomjon Qobilov, Dostonbek Tursunov;

Yarim himoyachilar: Hurshid G'iyosov, Azizjon G'aniev, Doston Ibragimov, Javohir Sidiqov, Jasurbek Yaxshiboev, Abdujamol Isroilov, Jamshid Yusupov, Nurillo To'xtasinov, Javohir Qahramonov;

Hujumchilar: Andrey Sidorov, Zabihillo O'rinboev, Begzod G'anijonov.

Mazkur o'quv-mashg'ulotlar yig'ini O'zbekiston U-22 terma jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Kecha, 17 mart kuni bo'lib o'tgan qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston U-22 terma jamoasi saralashning “D” guruhidan joy oldi. Guruh bosqichida Jasur Abduraimov jamoasi BAA, Livan va Nepal yoshlariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar shu yilning 15–23 iyul kunlari BAAda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика