So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Sadriddin Hasanov KXDRga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Islombek Ismoilov:

— Avvalo, butun O'zbekiston xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Bizni qo'llab-quvvatlagan, bizga yordamini ayamagan har bir insonga minnatdorlik bildiraman. Qiyin o'yin bo'ldi, chunki raqibimiz jismoniy jihatdan juda kuchli edi. Bor energiyamiz va ishtiyoqimiz bilan harakat qildik. Bu kunga qadar juda ko'p tayyorgarlik ko'rdik va g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik.

Raqibga ko'rsatilgan qizil kartochka haqida:

— Albatta, qizil kartochka bizga biroz yordam berdi. Avval takidlaganimdek, raqib o'tkazgan barcha o'yinlarida, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlashiga guvoh bo'ldik. Ularga qarshi o'ynagan jamoalar o'z jarima maydonlari atrofida himoyalanishgan, biz esa himoyamizni raqib maydonidan boshlab qurishga harakat qildik. Aniq ayta olamanki, KXDR jamoasi to'liq tarkib bilan o'ynaganida ham, biz o'z uslubimizdan chekinmas edik. Tanaffus vaqtida futbolchilarga bir lahza bo'lsa ham hotirjamlikka berilmaslik va hujumlar sonini oshirish haqida ko'rsatma berdik. Biz har qanday holatda ham ularni qo'llab-quvvatlaymiz.

Sadriddin Hasanov:

— Avvalo, xalqimizni g'alaba bilan tabriklayman. Meni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tanlaganlari uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman. Murabbiylarimiz tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajardik va g'alabaga erishdik. Penaltidan foydalana olmaganimizdan so'ng, tushkunlikka tushmadik, bir-birimizni qo'llab-quvvatladik va o'z maqsadimizga erishdik. Biz bu kunlar uchun 3 yil davomida mehnat qildik. Nasib bo'lsa, turnir bosh sovrinini qo'lga kiritib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytmoqchimiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика