O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni yakunladi
19 fev 2019 11:02
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni yakunladi
O'zbekiston U-16 terma jamoasi poytaxtimizdagi "CHig'atoy" sport majmuasida yig'in olib borayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Ular yig'in davomida "CHig'atoy 2003", "Paxtakor 2004" va "Spartak 2003" jamoalariga qarshi maydonga tushib, g'alaba qozonishdi.
Kecha Azamat Abduraimov shogirdlari ikki nazorat o'yini o'tkazishdi. Dastlab, o'smirlar terma jamoasi azolari "Spartak 2003" jamoasiga qarshi yana bir o'yin o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. "Bunyodkor 2003" jamoasiga qarshi kechgan o'yinda esa terma jamoa azolari 2:1 hisobida ustunlikka erishishdi.
SHu bilan O'zbekiston U-16 terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini yakunlandi. Yig'in davomida bosh murabbiy Azamat Abduraimov terma jamoa asosini shakllantirish ishlarini olib borib, nomzodlarni sinovdan o'tkazib olganini takidlash zarur.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar