So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi oldidan matbuot anjumani 22 fevral kuni soat 17:30da boshlanadi Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi oldidan matbuot anjumani 22 fevral kuni soat 17:30da boshlanadi

PFL O'zbekiston Superkubogi uchrashuvini yuqori saviyada tashkil etish yo'lida “Samarqand darvoza” savdo-ko'ngilochar markazi bilan kelishuvga erishgani hamda Superkubok uchrashuvi oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani ushbu markazda bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.

Rejaga ko'ra, 22 fevral kuni Mirjalol Qosimov ham, Andrey Fyodorov ham matbuot anjumaniga jamoaning etakchi futbolchilari bilan tashrif buyuradi. Bunda anjuman odatdagi ko'rinishda emas, bayramona ruhda o'tishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonni istalgan futbol muxlisi kuzatib borish imkoniyatiga ega.

O'zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoasi bosh murabbiyi va etakchi o'yinchilari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani 22 fevral kuni soat 17:30da boshlanadi. Mamlakatimiz chempioni – “Lokomotiv” bosh murabbiy va etakchilari ishtirokidagi matbuot anjumani esa soat 18:00da bo'lib o'tadi. Anjumanga barcha turdagi OAV xodimlari, futbol jamoatchiligi vakillari va muxlislarni taklif etamiz.

Qayd etish joiz, O'zbekiston Superkubogi g'olibiga topshiriladigan sovrin ham shu kuni “Samarqand darvoza”ga olib kelinadi. Istovchilar uning fonida futbolchilar hamda murabbiylar bilan suratga tushishlari mumkin. SHuningdek, 23 fevral kuni “Paxtakor” stadionida o'tkaziladigan Superkubok o'yini uchun Professional futbol ligasi tashrif buyuruvchilarga bepul chiptalar taqdim etadi.

O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini 23 fevral kuni bo'lib o'tadi. Bellashuv poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida o'tadi. O'yin 16:00 da start oladi va “Sport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi.

O'yin boshlanishidan oldin va tanaffus vaqtida yurtimizning el suygan sanatkorlari ishtirokida koncert dasturi va turli tadbirlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Jumladan, estradamiz yorqin yulduzlari – SHahzoda, Lola va boshqa mashxur xonandalar ishtirokidagi o'yinoldi koncert soat 14:30dan boshlab stadionga tashrif buyuruvchi muxlislar etiboriga havola etiladi.

Yana bir quvonarli jihat shundaki, ishqibozlar shu kuni Superkubok o'yiniga bepul tarzda kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. O'yin uchun chiqariladigan chiptalar taklifnoma tarzida “Paxtakor” stadioni kassalarida muxlislarga bepul tarzda taqdim etiladi.

Takidlab o'tamiz, O'zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi Turkiyaning KOC Elektrik AS kompaniyasi bosh homiyligi ostida kechadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика