So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

O'zbekiston Superkubogi. Andrey Fyodorov: "Murabbiy sifatida ilk bor Superkubok bahsida ishtirok etaman" Yangiliklar

O'zbekiston Superkubogi. Andrey Fyodorov: "Murabbiy sifatida ilk bor Superkubok bahsida ishtirok etaman"

O'zbekiston Superkubogi oldidan Toshkentdagi "Samarqand Darvoza" ko'ngilochar savdo majmuasida o'ziga xos tadbirlar o'tkazilmoqda.

Andrey Fyodorov: "Murabbiy sifatida ilk bor Superkubok bahsida ishtirok etaman. Jamoa uchun ilk rasmiy bahsga aylanadi. Kim g'olib chiqishini esa ertangi bellashuv aniqlab beradi".

Oleg Zoteev: "Biz bu o'yinni intiqlik bilan kutdik. Qo'shimchasiga ertaga bizning bayram. SHu boisdan ham ertangi bayram kayfiyatini yanada ko'tarishga harakat qilamiz".

Islom To'xtaxo'jaev: "Bizni muhim va qiyin bahs kutmoqda. Ertaga g'alaba orqali muxlislarimizni xursand etmoqchimiz".




Aziz Haydarov: "Nega "Lokomotiv"ni tanladim? Birinchi navbatda Anzur Ismoilov sababli "Loko"ga o'tdim. O'rtog'im chaqirgani va jamoaning o'yin uslubi menga yoqqani uchun "temiryo'lchi"ga aylandim. "Bunyodkor"ni qiyinchilik yuzaga kelgani tufayli tark etganim yo'q".

Sardor Mirzaev: "Lokomotiv" safida avval ham Superkubokda o'ynaganman va sovringa ega chiqqandim. Biz uchun barcha o'yin muhim ahamiyatga ega. Superkubokdagi g'alaba esa sizga sovrin taqdim etadi. Ertaga o'tgan safargi hisni, yani Superkubokka ega chiqish zavqini qayta his etmoqchiman. Ertangi uchrashuvda stadionda muxlislarni kutamiz. Zero ular uchun futbol o'ynaymiz. Ajoyib muhitda futbol o'ynash doim yoqimli".

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Ertangi o'yinda jamoa sovrin egasiga aylanishi mumkinligi futbolchilarga qo'shimcha motivaciya beradi. Mavsumni g'alaba va sovrin bilan boshlash muhim. Mavsumni qanchalik ko'tarinki ruhda boshlasak, davomi ham shunga monand bo'lishi mumkin. SHu boisdan ham mazkur bahsga jiddiy yondoshamiz. Qiziq va chiroyli o'yin bo'lishini kutyapman. Natija biz uchun muhim".


Anzur Ismoilov: "Superkubok nimasi bilan ajralib turadi? Kimki yutsa chempion :-) Bunday bahsda ilk bor ishtirok etaman. To'g'risi, juda ham yutgim kelmoqda. Superkubok o'yini sovrin uchun eng qisqa va qiziqarli bahsligi bilan boshqa o'yinlardan ajralib turadi".



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика