So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig'inni yakunlab, Turkiyaga etib bordi Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig'inni yakunlab, Turkiyaga etib bordi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o'quv mashg'ulot yig'ini o'tkazgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Yig'in davomida futbolchilarimiz SHveycariyaning "Delemon" (2:2) va Gruziyaning "Lokomotiv" (3:2) jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi.  
 
Lyubinko Drulovich shogirdlari kecha Ispaniyadagi yig'inni yakunlab, Turkiyaga etib borishdi. Endilikda vakillarimiz Turkiyada yig'inni davom ettirishadi. Terma jamoamiz delegaciyasi "Limak Eurasia" mehmonxonasiga joylashgan.
 
Turkiyada Olimpiya terma jamoasi azolari nazorat o'yini o'tkazishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, 27 fevral kuni futbolchilarimiz "Istambul Bashakshehir" klubining U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turkiyadagi yig'in 3 mart kunigacha davom etadi.  
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz azolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика