So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

O'zbekiston MTJ "China Cup-2019" musobaqasini Urugvayga qarshi o'yin bilan boshlaydi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ "China Cup-2019" musobaqasini Urugvayga qarshi o'yin bilan boshlaydi

O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida "China Cup" musobaqasida qatnashishi haqida malumot berib o'tgandik.

Mazkur musobaqa 21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo'ladi.

Musobaqa tashkilotchilarining qaroriga ko'ra, O'zbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o'tkazadigan bo'ldi. Xitoy esa 21 mart kuni Tayland bilan kuch sinashadi. Yarim finalda g'olib chiqqan jamoalar 25 mart kuni finalda o'zaro to'qnash kelishadi. SHuningdek, yarim finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar 25 mart kuni 3-o'rin uchun bahsda maydonga tushishadi.

Malumot uchun, "China Cup" musobaqasi ikki yildan beri o'tkazib kelinmoqda. 2017 yil musobaqada CHili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. CHili terma jamoasi g'olib chiqqan.

Uruguvay terma jamoasi bosh murabbiyi "China Cup-2019" musobaqasiga yo'l oladigan tarkibni elon qildi.

Darvozabonlar:

Fernando Muslera ("Galatasaroy", Turkiya)
Martin Kampanya ("Independente", Urugvay)
Martin Silva ("Libertad", Paragvay)

Himoyachilar:

Diego Godin ("Atletiko", Ispaniya)
Sebastyan Koates ("Sporting", Portugaliya)
Xose Mariya Ximenes ("Atletiko", Ispaniya)
Gaston Silva ("Independente", Urugvay)
Martin Kaseres ("Yuventus", Italiya)
Matias Suares ("Defensor Sporting", Urugvay)
Marselo Sarachchi ("Leypcig", Germaniya)
Naytan Nandes ("Boka Xuniors", Argentina)

Yarim himoyachi:

Jovanni Gonsales ("Penyarol", Urugvay)
Diego Laksalt ("Milan", Italiya)
Lukas Torreyra ("Arsenal", Angliya)
Matias Vesino ("Inter", Italiya)
Rodrigo Bentankur ("Yuventus", Italiya)
Karlos Sanches ("Santos", Braziliya)
Nikolas Lodeyro ("Sietl Saunders", AQSH)
Kamilo Mayada ("River Pleyt", Argentina)
Federiko Valverde ("Real Madrid", Ispaniya)
Jorjian De Arraskaeta ("Flamengo", Braziliya)

Hujumchilar:
Gaston Pereyro ("PSV", Gollandiya)
Jonatan Rodriges ("Santos Laguna", Meksika)
Maksi Gomes ("Selta", Ispaniya)
Kristian Stuani ("Jirona", Ispaniya)
Edinson Kavani ("PSJ", Franciya)
Luis Suares ("Barselona", Ispaniya)

Bosh murabbiy:
Oskar Tabares

"China Cup-2019" musobaqasi oldidan Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. Mazkur matbuot anjumani davomida bosh murabbiy musobaqaga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini elon qilishi rejalashtirilgan.


Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика