So’nggi yangiliklar

10:48"Ювентус" 67 йилдан кейин илк бор Еврокубок ўйинида 5 та гол ўтказиб юборди  1 10:20"У энди ҳеч қачон футбол ўйнамаслиги керак". Мбаппе — "Бенфика" ўйинчиси ҳақида  3 09:53Грузия чемпионатининг иккинчи рақамли тўпурари Ўзбекистон Пролигасида ўйнаши мумкин  0 09:25Винисиус иккинчи ўринга кўтарилиб олди  9 08:57"Насаф"нинг яна бир асосий футболчиси "Навбаҳор"га ўтиши мумкин  9 08:30Жанлука Престианни Винисиус Жуниорнинг ирқий айбловларига жавоб берди   6 08:04"Андижон" яна бир Осиё чемпиони билан шартнома имзолади  2 07:58Жозе Моуринью кечаги учрашув ҳакамига кескин айблов қўйди  11 07:34Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди  20 03:05ЕЧЛ. ПСЖ "Монако"га қарши ажойиб камбэк амалга оширди, "Боруссия Д" "Аталанта"ни мағлубиятга учратди  6 03:05ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди  147 02:49ОЧЛ 2. "Истиқлол" жавоб учрашувида ҳам "Ал Ҳуссайн"га ютқазиб, мусобақани тарк этди  0 01:00ЕЧЛ. "Галатасарой" плей-оффнинг илк баҳсида "Ювентус"ни йирик ҳисобда таслим этди  18 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  2 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  19

O'zbekiston Kubogining guruh bosqichida ishtirokchilar savatlarga ajratiladi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogining guruh bosqichida ishtirokchilar savatlarga ajratiladi

Avvalroq Superliga taqvimi va shu asosda kichik o'zgarishlar kiritilgan "Superliga reglamenti" PFL saytga joylangandi.

Endilikda "O'zbekiston Kubogi va Superkubogi reglamenti” taqdim etilmoqda. 

Milliy terma jamoaning may oyidagi yig'ini sabab Superligada katta bo'shliq yuzaga keladi. Etti yuzga yaqin futbolchi bir necha oy o'yin amaliyotisiz qolmasligini taminlash maqsadida O'zbekiston Kubogida guruh bosqichi formati saqlab qolinadi va u 5 may sanasidan etiboran yuzaga kelayotgan tanaffus o'rnini qisman to'ldiradi. 

Fabio Kannavoro boshchilik qilayotgan milliy jamoa may oyida nafaqat Superliga futbolchilari bilan yig'inga kiradi, balki chempionatning uch klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi. Tabiiyki, bir qator etakchi klublar asosiy futbolchilarini terma ixtiyoriga yuboradi. Mana shu klublarning kubokdagi manfaatlarini inobatga olib, 2026 yilda guruh bosqichi qurasi oldidan ishtirokchilar savatlarga bo'linadi. Bunda Superliganing so'nggi mavsumini dastlabki sakkiz o'rinda yakunlagan klublar 1-savatdan joy oladi va guruh bosqichida o'zaro raqib bo'lmaydi. 9-15 o'rin egalari hamda "Lokomotiv" klubi 2-savatni to'ldiradi. Pro liga va Birinchi liga klublari mos ravishda keyingi savatlardan o'rin oladi. 

Katta tanaffusni qisqartirishning ikkinchi chorasi sifatida iyul oyining so'nggi 10 kunligi ham qamrab olinishi ko'zda tutilgan. Mavsumning ikkinchi qismi taqvim uchun murakkab bo'lib, undan 2 ta FIFA kuni, shuningdek, "Neftchi" va "Paxtakor" klublarining Chempionlar Ligasidagi o'yinlari joy olgan. Qo'shimchasiga, kelasi yilning yanvar oyida Osiyo kubogi start oladi va milliy jamoa unga ham tayyorgarlik olib borishi lozim. Shundan kelib chiqib, mavsumni iloji boricha ertaroq yakunlash uchun turlar oralig'idagi tafovutlarni kamaytirish lozim edi. Buni inobatga olib, Liga Superliganing o'tish o'yinlari hamda O'zbekiston Kubogining yarim final va final bosqichlarini markazlashtirilgan holda tashkil etishni rejalashtirgan. Faqatgina shu yo'l orqali ishtirokchi klublar aniq lokaciyani oldindan bilishi va marshrutni shunga ko'ra avvaldan rejalashtirishi, shuningdek, qisqa vaqt ichida ketma-ket o'yinlarda ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
12 jan 19:13:34
Otabek Sidikov
Шу кубок уйини кераксиз манимча Чунки хаммаси сценарий буйича булади.Янам чорак финал ярбуйича булса кизикарлирокбим финал ва финалда уйнаган жамоаларга пул ажратилса еки рейтинг очколар Бериб шу рейтинг буйича Кейинги кубок бахслари булса.Масалан Бухоро финалчи лекин чемпионатда охирги уйинларда.демак иккинчи саватчада булади .Кубок бахсларида чемпионатни кушмасдан .Юкорида айтганимдек рейтинг очколар буйича булса кизикарлирок булади.Бу менинг шахский фикрим
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика