So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  4 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

O'zbekiston kiber futbol o'yinlari Associaciyasi O'zbekiston Futbol Federaciyasi azoliliga qabul qilindi Yangiliklar

O'zbekiston kiber futbol o'yinlari Associaciyasi O'zbekiston Futbol Federaciyasi azoliliga qabul qilindi

Teglar :  KiberfutbolO'FF
2016 yilning 30 noyabr kuni “Bunyodkor” stadionidagi anjumanlar zalida O'zbekiston kiber futbol o'yinlari associaciyasi (Uzbekistan Cyber Football Games Association – UCFGA)ning kelajakdagi dasturlari va rejalari xamda PCFL (Professional Cyber Football League) Oliy va Birinchi ligalari ochilishiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanning asosiy mavzusi O'zbekiston kiber futbol o'yinlari associaciyasining O'zbekiston Futbol Federaciyasi azoliliga qabul qilingani bo'ldi.

SHuningdek, anjuman davomida jurnalistlar tomonidan Oliy va Birinchi liga ochilishiga alokador barcha savollarga O'zbekiston kiber futbol o'yinlari associaciyasi rahbarlari javob berdi hamda UCFGA’ning reglamenti, qonun-qoidalari, ishtirokchilar ro'yxati kelishib olindi.

UCFGA prezidenti Azizbek Pattohovning aytishicha, 2017 yil MDH hamda Osiyo mamlakatlari o'rtasida alohida-alohida turnirlarni Toshkentda tashkil qilish rejasi ko'zda tutilgan. Bu esa O'zbekiston kiber futbolini dunyoga tanitish uchun xizmat qiladi.

Bundan tashqari, matbuot anjumanida O'zbekiston kiber futbol o'yinlari associaciyasi kiberfutbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga asos solingani haqida malum qilindi. Unga “Qo'qon-1912” azosi Dilshod Matyoqubov bosh murabbiy etib tayinlandi. “Nasaf” vakili Xislat Umarov esa terma jamoa sardori bo'ldi. Milliy terma jamoaning qolgan azolari Oliy Ligada o'zini ko'rsatgan o'yinchilar orasidan saralab olinadi.

Turli telekanal jurnalistlaridan tashqari matbuot anjumanida O'zbekiston Futbol Federaciyasi xamda “Bunyodkor” klubi vakilari ishtirok etdi. Associaciya tomonidan ularga hamkorlik va qullab-quvvatlab kelayotganlari uchun minnatdorchilik sifatida maxsus estalik sovg'alari topshirildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика