So’nggi yangiliklar

11:22"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4

O'zbekiston JCH-2026'ga yo'llanma olishi uchun nechta bosqichdan o'tishi lozim? Yangiliklar

O'zbekiston JCH-2026'ga yo'llanma olishi uchun nechta bosqichdan o'tishi lozim?

Osiyo futbol konfederaciyasi JCH-2026 saralash bosqichi formatini taqdim qildi.

Final bosqichidagi kvotalar soni ko'payganiga (4 ta jamoa o'rniga 8 ta) qaramay, turnir formati soddalashtirilmagan.

Birinchi saralash bosqichida FIFA reytingining eng quyi qismida borayotgan 22 ta jamoa qura bo'yicha 11 juftlikka bo'lingan holda uy va safar tizimida o'zaro bellashadi. Mazkur juftliklar g'oliblari ikkinchi bosqichga yo'l oladi, mag'lubiyatga uchragan jamoalar esa keyingi saralash turnirini kutishga majbur.

Ikkinchi bosqichda 36 ta jamoa (FIFA reytingidagi eng yaxshi 25 jamoa + birinchi saralash bosqichining 11 g'olibi) 4 tadan 9 guruhga bo'linadi. Uchrashuvlar ikki davra davomida bo'lib o'tadi. Har bir guruhdan dastlabki ikki o'rinni egallagan termalar, jami 18 ta jamoa uchinchi bosqichga yo'l oladi.

Uchinchi bosqichda ushbu 18 jamoa har biri 6 tadan tashkil topgan uch guruhga bo'linadi. Uchrashuvlar ikki davra mobaynida o'tkaziladi. Har bir guruhdan eng yuqori o'rinlarni egallagan ikki terma, jami 6 jamoa to'g'ridan-to'g'ri JCH-2026 final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Mundial chiptasini taqdim etuvchi qolgan 2 ta yo'llanma va qitalararo pley-off bosqichidagi 1 ta yo'llanma to'rtinchi bosqichda o'ynaladi. Uchinchi bosqichda guruhlarida uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallagan termalar, jami 6 ta jamoa ushbu bosqichda ishtirok etadi. To'rtinchi bosqichda 6 jamoa uchtadan ikkita guruhga bo'lingan holda bir davra davomida o'zaro to'qnash keladi. Guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri final bosqichiga yo'l oladi. Ikkinchi o'rinni egallagan terma jamoalar esa qitalararo pley-off yo'llanmasi uchun kurashadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика