So’nggi yangiliklar

13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  0 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:20Салоҳ Саудия чемпионатига ўтишга рози  3 09:15Камолиддин Тожиев: "Бу биз учун оғриқли мавзу"  3 08:46"Нефтчи" "Насаф"нинг яна бир футболчисига қизиқиш билдирмоқда  8 08:18Кечаги учрашувда "Арсенал"нинг икки нафар футболчиси жароҳат олди  0 07:50Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" гуруҳдаги сўнгги учрашувида майдонга тушади  6 07:23Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 02:40А Серия. "Наполи" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  4 01:34Элдор Шомуродов: "Иккинчи марта яхши ўйин кўрсатган учрашувда ютқаздик"  5 01:25Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" — "Бешиктош" 2:3  2

O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo Kubogiga yo'l olmoqda Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo Kubogiga yo'l olmoqda

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Indoneziya poytaxti Jakarta shahriga uchib ketadi.

2026 yilning 27 yanvaridan 6 fevraliga qadar davom etadigan Osiyo Kubogida vakillarimizni jiddiy sinovlar kutmoqda.

Guruhdagi raqiblar va manzil

Terma jamoamiz "C" guruhidan joy olgan bo'lib, guruh bosqichida quyidagi raqiblarga qarshi parketga chiqishadi:

Yaponiya (4 karra Osiyo chempioni)

Tojikiston

Avstraliya


Bahslar Jakartadagi muhtasham "Jakarta Arena" (16 500 tomoshabin) va "Jakarta International Velodrome" (8 500 tomoshabin) sport majmualarida bo'lib o'tadi.

Delegaciya tarkibi va murabbiylar shtabi

Delegaciya rahbari: Rustam Zuparov

Bosh murabbiy: Nodir Eliboev

Darvozabonlar murabbiyi: Vitor Vianna

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Teyshera Mourisio


O'zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibi (14 futbolchi):

Darvozabonlar: Shavkat Ibragimov («Oil Star»), Abbos Elmurodov («BMB PFC»)

Himoyachilar: 3. Ilhomjon Hamroev («Oil Star») 4. Sunnatilla Jo'raev («Nasaf») 5. Anasxon Rahmatov («Nasaf»)

Qanot o'yinchilari: 6. Shaxram Faxriddinov (OKMK) 7. Xayrulla Solixov (OKMK) 8. Samariddin Berkinov («Oil Star») 9. Abror Axmedzyanov (SQB) 10. Akbar Usmonov (SQB) 11. Ixtiyor Ropiev («Nasaf») 12. Eldor Nigmatov («Lokomotiv»)

Hujumchilar: 13. Muzaffar Ahadjonov («BMB PFC») 14. Elbek To'lqinov («Oil Star»)


Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada kuchli to'rtlikdan joy olgan jamoalar Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
21 jan 21:52:07
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Омад ёр булсин
   
21 jan 18:09:34
Proud to be Uzbek
Husniddin Nishonov qani?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика