So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida Ravshan Ermatov va uning guruhi ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida Ravshan Ermatov va uning guruhi ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi

O'zbekiston futbol associaciyasi O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Mazkur hamkorlikdan asosiy maqsad Universitet talabalari orasida futbol hakamligi va murabbiyligi bilan shug'ullanish istagida bo'lgan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib boradigan iqtidorli hakamlar va istedodli murabbiylarni tayyorlashdan iborat.

Bugun O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti tomonidan O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda taniqli hakam, FIFA referisi Ravshan Ermatov, uning yordamchisi Abduhamidullo Rasulov, O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig'i Mamur Saidqosimov, O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltaboev hamda universitet talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov hakamlik kasbining o'ziga xos tomonlari haqida gapirib berdi. Hakamlik bilan shug'ullanishni istagan talabalar qaysi jihatlarga etibor qaratishlari zarurligi takidlandi. SHuningdek, talabalar orasida hakamlik uchun nomzodlarni tanlab olishda etibor qaratiladigan mezonlar haqida tushuntirish berib o'tildi.

Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan Ravshan Ermatovga murojaat qilishdi va tegishli javoblar olishdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика