So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

O'zbekiston ayollar termasi o'rtoqlik o'yinida BAAni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

O'zbekiston ayollar termasi o'rtoqlik o'yinida BAAni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Ayni vaqtda BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi kecha, 9 mart kuni BAA ayollar termasiga qarshi bahs olib bordi.

Gollarga boy kechgan o'yinda SHerali Boboqulov shogirdlari 8:1 hisobida g'alaba qozondi. Mahliyo Sarikova va Lianna Narbekova xet-trik qayd etgan bo'lsa, Lyudmila Karachik va Kamola Risqieva o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'ydi.

12 mart kuni O'zbekiston ayollar termasi BAAga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Mazkur uchrashuvlar har ikki terma jamoa uchun Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichidagi ishtirokiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo'lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.

BAA saralashning “A” guruhidan o'rin olgan hamda final bosqichi yo'lida Iordaniya, Filippin, Bahrayn, Iroq va Tojikiston ayollar terma jamoasiga qarshi kuch sinashadi.

O'rtoqlik o'yini
Dubay, BAA
9 mart, payshanba

O'zbekiston – BAA - 8:1

Gollar:
Risqieva (33), Karachik (49), Narbekova (50, 56, 60), Sarikova (58, 67, 77)

O'zbekiston:
Laylo Tilovova, Zumrad Nazarova, Xolida Dadaboeva, Yulduz Nabieva, Kamola Risqieva, Nozima Kamoltoeva, Maftuna SHoyimova, Feruza Turdibaeva, Mahliyo Sarikova, Lianna Narbekova, Lyudmila Karachik.

Zaxira: Maftuna Jonimkulova, Mavluda Munavvarova, Dildora Nozimova, Maxfuza Turopova, Nilufar Qudratova, Umida Zoirova, Iroda Turdalieva.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика