Ozarbayjon. Bobir Abdixoliqov gol urgan va golli uzatma bergan bahsda jamoasi g'alabani qo'ldan chiqardi
28 apr 2025 23:13
Yangiliklar
Ozarbayjon. Bobir Abdixoliqov gol urgan va golli uzatma bergan bahsda jamoasi g'alabani qo'ldan chiqardi
Ozarbayjon Premer-ligasining 32-turida "Sumqayit" "Neftchi"ni qabul qildi.
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bobir Abdixoliqov bahsni asosiy tarkibda boshladi. 24-daqiqada u "Sumqayit"ning birinchi goliga mualliflik qildi. Mezbonlarning ikkinchi goli ikkinchi bo'lim boshlarida urildi. Abdixoliqovning uzatmasidan so'ng Ronaldo Vaskes hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Шunga qaramay "Sumqayit" g'alabani saqlab qola olmadi. 60 va 88-daqiqalarda urilgan gollar jamoalarning 1 ochkodan bo'lishib olishini taminladi.
"Sumqayit" sharafini himoya qilayotgan yana bir o'zbekistonlik Jasur Jaloliddinov ushbu bahsda zaxirada qoldirildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar