So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

"OTJ yig'ini tufayli 100 kundan buyon o'z futbolchimni ko'rganim yo'q. Men uni tarkibga qo'ymayman!" - SHipilov Yangiliklar

"OTJ yig'ini tufayli 100 kundan buyon o'z futbolchimni ko'rganim yo'q. Men uni tarkibga qo'ymayman!" - SHipilov

"Metallurg" bosh murabbiyi Andrey SHipilov PFLning yangi mavsum uchun chiqargan reglamentidan o'rin olgan band haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Oddiy misol, men 100 kundan buyon OTJ yig'inidagi Suhrob Nurulloevni ko'rganim yo'q. Bu yil hisobida Nurulloev jamoamizning birorta mashg'ulotida ishtirok etgani yo'q. SHuni aytishim mumkinki, men reglament bo'yicha 1997 yildan keyin tug'ilgan futbolchini maydonga tushirishim kerak. Xo'p. Lekin men OTJga nomzod futbolchilarimni 100 kundan buyon umuman ko'rganim yo'q. Demak o'sha futbolchi hozirgi kunda "Metallurg"da asosiy tarkibdagi joyga loyiq emas. Uning o'rniga 1999-2000 yoki 2001 yilda tug'ilgan boshqa yosh futbolchiga imkoniyat beraman. Bu gapim barcha OTJga nomzod futbolchilarga tegishli. CHunki istalgan futbolchi asosiy tarkibdagi o'rnini o'z mehnati va peshona terisi bilan ishlashi kerak. Qachonki ular klubga kelsa va jamoada o'z o'rni borligini isbotlasa, keyin ularga imkoniyat beraman. Qaytaraman, 100 kundan buyon o'z futbolchimni ko'rganim yo'q. Klub esa unga 3 oydan buyon shunchaki maosh to'lab kelmoqda. Qaytaraman, OTJga nomzod futbolchilarni asosiy tarkibga qo'ymayman! Qachonki ular kelib shu o'ringa munosib va loyiqligini isbotlashsagina imkoniyat beraman. Bu barchaga tegishli. Undan ko'ra jamoa bilan birga shug'ullanib yurgan yanada yoshroq futbolchilarga imkon beraman", - dedi Andrey SHipilov.

O'FA & PFL yoxud ko'pchilikda savol uyg'otayotgan reglamentdagi band haqida

Eslatma: PFLning yangi Superliga-2019 uchun chiqargan reglamentida shunday band kiritilgan:

• Superliga klublari o'yin qaydnomasiga 1997 yil va undan keyin tug'ilgan kamida ikki nafar o'yinchini kiritishi va ulardan birini minimum 45 daqiqa o'ynatishi shart. Mazkur futbolchi jarohat olgan holatda hali 45 daqiqa o'ynab ulgurmagan bo'lsa, uning o'rniga ikkinchi yosh futbolchi chiqarilishi lozim. Barcha yosh futbolchilar almashtirilgan bo'lsa, yosh futbolchini yoshi katta futbolchi bilan almashtirishga ruxsat beriladi;

Mazkur holatni esa PFL rasmiy sayti quyidagicha izohlagandi:

"O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga Lyubinko Drulovich murabbiy etib  tayinlangach, PFL vakillari mazkur mutaxassis bilan uchrashish taklifini  bildirgandi. Uchrashuv bugun — 25 yanvar kuni bo'lib o'tdi".

Xabarda aytilishicha, PFL vakillarining o'zlari Drulovich bilan uchrashishni istab qolishgan va yakunda bir stol atrofida jamlanishgan.

"Uchrashuvdan maqsad Tokio-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifa qilib qo'yilgan  murabbiyning 2019 yilgi mavsum uchun tuzib chiqilayotgan reglament yuzasidan munosabatini bilish edi. Boisi, bungacha O'FA rahbariyati 1997 va undan  keyin tavallud topgan futbolchining Superliga klublarida 90 daqiqa to'p  surishi masalasini ilgari surayotgan bo'lsa, PFL bu taklifga qarshi ovoz  bilan chiqayotgandi" - deyiladi xabarda.

O'FAning terma jamoalar bo'limiga ko'ra, bu holat olimpiya terma jamoasiga nomzod  futbolchilarning o'yin amaliyotiga ega bo'lishida muhim rol o'ynaydi. PFL esa bu holat futbolchilarning o'z ustida ishlashidan to'xtashi mumkinligi,  ehtimoliy jarohat olgan futbolchining o'rniga kim tushishi masalasini  murakkablashtirishi kabi masalalarni ko'tarayotgandi.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика