Otabek Narzullaev: "Qashqadaryo chempion bo'lishini xohlaymiz"
27 okt 00:34
Yangiliklar
Otabek Narzullaev: "Qashqadaryo chempion bo'lishini xohlaymiz"
– O'yin haqida fikringiz…
– O'yinni yaxshi boshladik. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Xatolar evaziga gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglashga harakat qildik. Afsuski, hujumlarda oxirgi nuqtani qo'yishga oqsayapmiz. Qoniqarlisi, ikkinchi bo'lim maydonga chiqqan futbolchilarning barchasi o'yinni kuchaytirdi. Yoshlarga imkon berdik, ular o'zini ko'rsatdi. Ko'pgina vaziyatlarda to'p darvoza ustuni va to'siniga tegdi. O'sha vaziyatlar golga aylanganda, ochko qo'lga kiritardik.
– "Mashal"ning g'alabasiz seriyasi 5 taga etdi. Jamoaning Superligada jon saqlab qolishi uchun ochkolar suv va havodek zarur. Ammo muborakliklarni "Nasaf" va OKMK kabi etakchi jamoalar kutib turibdi. "Mashal" mana shu raqiblarga qarshi "syurpriz" hozirlay oladimi yoki shunchaki mavjud kuch va uslubga tayanadimi?
– Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Bizga omad kulib boqmayapti. Shunday o'ylayman. Futbolchilar harakat qilishyapti. Kichik xatolar evaziga gollar o'tkazib yuboryapmiz. Shuning evaziga mag'lubiyatga uchrayapmiz. Lekin o'yin borasida yaxshi harakat qilyapmiz. Bugungi uchrashuvni tahlil qilgan holda keyingisida yaxshiroq harakat qilamiz. Superligada qolishga harakat qilamiz.

– Superligada chempionlik uchun "Neftchi" va "Nasaf" asosiy davogarlar bo'lib turibdi. Bir viloyat vakili sifatida "Nasaf"ning chempion bo'lishini xohlarmidingiz yoki aksincha?
– Albatta, "Nasaf" chempion bo'lishini xohlayman. Ha, "Neftchi" sifatli futbolchilar evaziga kuchaygan, yaxshi sharoitga ega. Biroq "Nasaf" O'zbekistonda o'z o'yin uslubiga ega jamoalardan biri sanaladi. Taqvimga qarasak, "Nasaf"ni qiyinroq raqiblar kutyapti. Qolaversa, bu jamoa Elit Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etyapti. Bu esa futbolchilarning toliqishiga sabab bo'lmoqda. Albatta, biz Qashqadaryo chempion bo'lishini xohlaymiz.
– Muhammadali Aliqulov, Ergash Ismoilov, Samandar Ochilov va boshqa etakchilarning shartnomasi yil so'ngida yakuniga etadi. Ular bilan bitim uzaytiriladimi yoki tarkibni yangilash ko'zda tutilganmi?
– Kelasi yil tarkibni ancha yoshartirib, yangilashga harakat qilamiz. Selekciya ishlari olib borilmoqda.
– Tarkibni yoshartirishga to'xtaldingiz. Siz "Mashal"ning yoshlar jamoalarida ham ishlagansiz. Bir vaqtlar "Mashal" akademiyasidan bo'lg'usi terma jamoa futbolchilari etishib chiqardi. Hozirda esa bu jarayon to'xtab qolgandek. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?
– Akademiyada yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Turli yoshdagi terma jamoa murabbiylarni ularni kuzatishi kerak. Bitta o'yinni kuzatish bilan kifoyalanmasliklari kerak. Ularni jalb qilib, sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Shundagina ularning qobiliyati haqida tasavvurga ega bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Fikrlar