O'rtoqlik uchrashuvi. Ronaldu maydonga tushgan o'yinda MYU "Rayo Valekano"ni mag'lub eta olmadi
31 iyu 2022 22:02
Yangiliklar
O'rtoqlik uchrashuvi. Ronaldu maydonga tushgan o'yinda MYU "Rayo Valekano"ni mag'lub eta olmadi
Yangi murabbiy boshchiligida "qizil iblislar" tayyorgarlik jarayonini muvaffaqiyatli boshlagandi. Jumladan, "Liverpul" yirik hisobda mag'lub etilgandi. Bugun jamoa so'nggi nazorat bahsida maydonga tushdi. Klub tarkibida so'nggi besh o'yinni o'tkazib yuborgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu ham asosiy tarkibda bahsni boshladi va tanaffusda almashtirildi. Aynan CR7 ning o'rniga maydonga tushgan Diallo ikkinchi bo'lim boshida hisobni ochdi. Biroq ispanlar Garsiyaning goli evaziga javob qaytardi. SHu tariqa, uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi. Eslatib o'tamiz, inglizlar bundan avvalgi o'rtoqlik o'yinida "Atletiko"ga kichik hisobda yutqazgandi (0:1).
"Manchester Yunayted" – "Rayo Valekano" 1:1
Gollar: Diallo (48) — Garsiya (57)
"Manchester Yunayted" – Xiton, Telles, Martines (Bayi, 61), Varan, Lerd, Garner (Iqbol Z, 74), van de Bek, Eriksen (Meybergi, 61), CHong (Xansen-Aaroen, 85), Garnacho (SHoretire, 73), Ronaldu (Diallo, 46)
"Rayo Valekano": Dmitrievski, Fran Garsiya, Katena, Suares, Balliu, Siss, Lopes, Garsiya, Trexo, Palazon, Falkao
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar