O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" Qozog'iston klubini mag'lub etdi
28 fev 2023 21:25
Yangiliklar
O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" Qozog'iston klubini mag'lub etdi
Qozog'istonning 1-divizioni ishtirokchisi "Ontustik" klubiga qarshi bahs gollarga boy o'tdi. Birinchi bo'limda Elguja Grigalashvili va Kojo Joel "Dinamo"ning ikki goliga mualliflik qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda tarkib o'zgargach, himoyachi Evgeniy Nazarov 3-golga, yarimhimoyachi Javlon Malikov esa dublga erishdi. CHimkentliklar 3ta gol bilan javob qaytarishdi – 5:3.
SHu kuni bosh murabbiy Vadim Abramov jarohati bor o'yinchilardan tashqari, deyarli barcha futbolchilarni maydonga tushirib, sinovdan o'tkazdi.
O'rtoqlik o'yini. Toshkent
"Dinamo" – "Ontustik" (Qozog'iston) – 5:3
Gollar: Elguja Grigalashvili, Kojo Joel, Evgeniy Nazarov, Javlon Malikov 2ta.
"Dinamo": Farhod Rahmatov, Evgeniy Nazarov, Xurshid Ubaydullaev, Salim Mustafoev, Koike Yuday, Erkin Boydullaev, Jasur Qurbonov, Hazrat Tursunqulov, Francis Narx, Elguja Grigalashvili, Kojo Joel
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Yagudin, Doston Foteev, Komil SHarofutdinov, Vohid Oqbo'taev, Javlon Malikov, Derrik, Muhammadbobur Asadullaev, Bobur Mamadaminov, Valeriy Akopov, Bahodir Abduvaliev, Bahodir Nasimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar