So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  7 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

Ortiqxo'jaev kelgan, Moreyra yangitdan tuzayotgan, legionerlarni olishni boshlagan "Paxtakor"ning Turkiyadagi o'n kuni Yangiliklar

Ortiqxo'jaev kelgan, Moreyra yangitdan tuzayotgan, legionerlarni olishni boshlagan "Paxtakor"ning Turkiyadagi o'n kuni

Teglar :  Paxtakor
Elit OCHLdagi o'yinlari tufayli "Paxtakor" hammadan ham erta xorij yig'iniga ketdi.

Jamoaning birinchi yig'ini 3 -18 yanvargacha davom etadi. Yig'in doirasida 8 ta o'yin o'tkazish rejalashtirilgan. Hozircha shulardan 2 tasi o'ynab bo'lindi. Yana yangi raqiblar bo'lishi kutilyapti. 15 yanvar kuni ikkita o'yin bo'ladi. Kunning birinchi yarmida Yaponiya klubiga qarshi bahs bo'lishi mumkin.


8 yanvar. "Unirya Sloboziya" (Ruminiya) 2:0

12 yanvar. "Turon" (Ozarbayjon) 2:0

15 yanvar. "Karvina" (CHexiya)

18 yanvar. "Elimay" (Qozog'iston)

26 yanvar. "Aktobe" (Qozog'iston)

28 yanvar. "Sileks" (SHimoliy Makedoniya)


Jamoa o'zagini saqlab qolgan holda ijarada o'ynagan Mahmud Mahamadjonovga egalik huquqini "Bunyodkor"dan sotib oldi. Iroq terma jamoasi etakchisi Bashar Resan bilan shartnoma tuzildi. Kecha esa braziliyalik tayanch yarim himoyachisi Jonatan Luka klub safiga kelib qo'shildi. Mahamadjonov klub uchun yangi emas. U 2024 yilning ikkinchi davrasida o'zini ko'rsata olgandi. O'tgan ikki o'yindagi harakatlari Basharning saviyali o'yinchi ekanligini ko'rsatdi. Faqatgina Jonatan Luka bo'yicha savol bo'lishi mumkin. CHunki bu o'yinchi so'nggi yillarni Portugaliyada o'tkazgani bilan, o'yin amaliyotiga ko'p ham ega bo'lmaganini statistikasidan ko'rishimiz mumkin. Qolaversa u Hindiston va Malayziya kabi chempionatlarda to'p tepganini ko'rishimiz mumkin. Uning saviyasini Elit OCHLdagi ikkita o'yin ko'rsatadi. Superliga uchun esa "Paxtakor"ning yosh o'sib kelayotgan himoyachilaridan ham jamoa qursa bo'ladi. Bilishimizcha klubga Portugaliyadan darvozabon va Braziliyadan vinger kelishi kutilyapti. Igor Sergeev esa reklamaga muhtoj bo'lmagan hujumchi. 



Mashg'ulotlarning to'rtinchi kuni klub raisi Jahongir Abidovich jamoa mashg'ulot o'tkazayotgan maydonga tashrif buyurdi va ertasi kuni ruminlarga qarshi kechgan o'yinni tomosha qildi. Tabiiyki, klub rahbarining futbolchilar oldida bo'lishi ularga qo'shimcha motivaciya. Etiborlisi "Paxtakor" 3 yildan beri "Titanic Golf Belek" mehmonxonasida turadi. Bu hududdagi eng yaxshi otellardan biri. Qulay tomoni mashg'ulot maydoni yonginasida. Bizga malum bo'lishicha, Jahongir Ortiqxo'jaev Pedru Moreyraning taklifiga ko'ra, Qibraydagi bazani Evropa standartlari kabi jihozlashni boshlab yuborgan. Buni klub matbuot xizmati ham tasdiqladi.  SHu kunlarda jamoaning CHilonzordagi akademiyasida ham qurilish ishlari boshlanishi haqida xabar topdik. Aftidan Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi klublarni ishtahasini ochib yuborgan ko'rinadi. Aslida ham shunday bo'lishi kerak. Ko'ramiz, Pedru Moreyra O'zbekistonda yoshlarga imkoniyat beradimi? Buni albatta vaqt ko'rsatadi. Lekin u o'tkazgan ikkita o'yinni ko'radigan bo'lsak, 2005 yilda tavallud topgan Saidumar Saidnurullev, 2006 yilda tug'ilgan Dilshod Abdullaev, 21 yoshni qarshi oladigan Muhammadrasul Abdumajidov va Muhammadali Usmonov asosiy tarkib futbolchilari bilan o'ynadilar.  



Ikkita o'yinda ham "Paxtakor" bir xil hisobda g'alaba qozondi. Jamoa 4 ta taymning barida bittadan gol urdi. O'yinlar klubning YouTube kanalida ko'rsatildi. OCHL oldidan "Paxtakor" ikki taymda ham hujumkorlikni saqlab qolayotgani kishini xursand qiladi. Pedru Moreyraning taktikasi romb uslubida, barcha futbolchilar oldi chiziqda hujumda ishtirok etishiga asoslanganini ko'rishingiz mumkin. Avvalgi o'yinlarida vingerlar o'z ishini qilib qanotda qolib ketgan bo'lsa, bunda ular jarima maydonchasi ichida ham faol bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Undan tashqari jamoaning burchak zarbalarini ijro etishda sifatini oshganini, aksincha himoyada tartib paydo bo'lganini ko'ramiz. 



08.01.2025. Turkiya, o'rtoqlik uchrashuvi.

“Paxtakor” - “Uneria Slobocia” (Ruminiya) 2:0

Gollar: Bashar Resan (22),  Ulug'bek Hoshimov (65).

1-bo'lim: V. Nazarov, SH. Azmiddinov, U. Adhamzoda, M. Hamraliev (D.Abdullaev), D. Saitov, S. Sobirxo'jaev, I. Ibrohimov, S. Saidnurullaev, M. Usmonov, B. Resan, I. Sergeev. 

2-bo'lim: N. SHevchenko, H. Alijonov, A. Abdullaev, M. Abdumajidov, M. Mahamadjonov, D. Xolmatov, A. Bo'riev, O. Jo'raqo'ziev, D. Hamdamov, U. Hoshimov, P. Xoldorxonov (D. Ortiqboev).




12.01.2025. Turkiya, o'rtoqlik uchrashuvi.

"Paxtakor" - "Turon" (Ozarbayjon) 2:0

Gollar: M. Mahamadjonov (10), R. Bashar (82). 

1-bo'lim: N. SHevchenko, D. Ortiqboev, M. Hamraliev, A. Abdullaev, M. Mahamadjonov, M. Usmonov, D. Hamdamov, A. Bo'riev, S. Sobirxo'jaev, I. Sergeev, P. Xoldorxonov. 

2-bo'lim: V. Nazarov, D. Abdullaev, D. Saitov, U. Adhamzoda, SH. Azmitdinov, M. Abdumajidov, I. Ibrohimov, O. Jo'raqo'ziev (S. Saidnurullaev), D. Xolmatov, R. Bashar, U. Hoshimov.




Maqola "Paxtakor" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

Narzulla Saydullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика