So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

"Ordabasi" rahbariyati klubga muxlislik qilmoqchi bo'lgan blogerlarni o'yinga kiritmadi Yangiliklar

"Ordabasi" rahbariyati klubga muxlislik qilmoqchi bo'lgan blogerlarni o'yinga kiritmadi

Teglar :  OrdabasiQayrat
Mazkur uchrashuvda o'zbekistonlik futbolchi o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Qozog'iston Premer-ligasining 3-turida CHimkentning "Ordabasi" klubi Olma-Otaning "Qayrat" jamoasiga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Qizig'i shundaki, mezbon klub rahbarlari jamoani qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan OAV vakillarini stadionga kiritmagan. Bu haqda taniqli bloger Arman Pirmanov malum qildi.

Pirmanovning o'zi ham "Ordabasi"da faoliyat yuritadi. Ammo rahbariyat jamoaga PR kerak emas degan vaj bilan o'yinga kelgan blogerlarga ruxsat bermagan.

“Biz bir kun oldin akkreditaciya uchun ro'yxat taqdim etdik. Ular ertaga hammasi tayyor bo'lishini aytishdi. Ertaga esa “Ordabasi”ga reklama kerak emas, usiz ham rivojlanganmiz”, deya bizni kiritishmayapti. “O'zim “Ordabasi”da ishlayman va bu voqeadan so'ng, ehtimol, ishimni tashlayman”, — dedi Arman Pirmanov Instagram'dagi sahifasida.

Mahalliy bloger CHimkent klubining bunday gaplarni aytishi aqlga sig'masligini, aytdi.

"Men mamlakatdagi eng mashhur YouTuber'larni olib keldim, ular o'z kanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bepul reklama qilishga rozi bo'lishdi. Bunday fuqarolarning hammasini bir joyga jamlaganimizdan so'ng atigi bir daqiqaga stadionga kira oldik, keyin hammani haydab yuborishdi. Bu sharmandalik!" - deydi sport blogeri.

U nafaqat “Ordabasi”, balki mamlakatning barcha klublarini OAVga etiborni kuchaytirishga chaqirdi.

Eslatib o'tamiz, bellashuvda mezbonlar tarkibidagi yagona golga o'zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboev mualliflik qildi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика