So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  0 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

"Oq-tepa": Mavsumning ikkinchi qismini ham g'alabalar bilan boshladik Yangiliklar

"Oq-tepa": Mavsumning ikkinchi qismini ham g'alabalar bilan boshladik

Teglar :  Oq-tepa
Birinchi ligani ko'zlayotgan jamoamiz maqsad sari dadil qadam tashlashda davom etadi.
Toshkent shahar chempionatining birinchi davrasini o'z guruhida peshqadam sifatida yakunlagan "Oq-tepa" bir hafta muqaddam start olgan ikkinchi davrani ham g'alabalar bilan davom ettirmoqda.

CHempionatning 16-turida ROZK mehmoni bo'lgan jamoamiz 3:1 hisobida g'alaba nashidasini surdi va ikkinchi davrani g'alaba bilan boshladi. Bugun bo'lib o'tgan 17-tur o'yinida "SHayxontohur"ni qabul qilgan Yaroslav Krushelnickiy shogirdlari raqib darvozasini olti bor ishg'ol qildi. Mehmonlar bu gollarga bir marta javob qaytardi.

16 - 17-turlar oralig'ida jamoamiz g'olibga "pulka"ga yo'llanma beradigan "Mustaqillik Kubogi"dagi ishtirokini ham boshladi. "Intersokker" mehmoni bo'lgan jamoamiz raqib darvozasini oz emas, ko'p emas, naqd 14 (!) marta ishg'ol qilishdi. Mezbonlar bu gollarga biror marta ham javob qaytara olmadi.

Jamoamiz chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini 11 avgust, juma kuni "Vulqon"ga qarshi o'tkazadi. "Mustaqillik Kubogi"ning 1/8 final bosqichi doirasida esa, 13 avgust kuni "Bunyodkor-A" bilan kuch sinashadi.

TOSHKENT SHAHAR CHEMPIONATI
16-tur. 2 avgust (chorshanba)
ROZK - OQ-TEPA - 1:3
Gollar:
Rustam Dadaboev, Abdulaziz Ashrafxonov, SHahboz Tojiev.

17-tur. 8 avgust (seshanba)
OQ-TEPA - SHAYXONTOHUR - 6:1
"Oq-tepa"
: Rustam Dadaboev (Mixail Koplan), Abdulaziz Ashrafxonov, Firdavs Kenjaev, Sergey Uvarov (Rasul Rahmonberdiev), Olmos Fayziev (Abdulbosit Toshmatov), Islomjon Yo'ldoshev (Nodirjon Nosirov),Irisdavlat Hakimov (Ilhom Abdiev), Izzatilla To'lqunov (SHohruh Gulmurodov), Aziz To'xtamatov, SHahboz Tojiev (Jahongir Ismoilov), Abdumalik Mahkamboev.
Gollar: Abdumalik Mahkamboev (2ta), Irisdavlat Hakimov (2ta), SHahboz Tojiev, Aziz To'xtamatov.

MUSTAQILLIK KUBOGI
6 avgust (yakshanba)
INTERSOKKER - OQ-TEPA - 0:14
"Oq-tepa":
Rustam Dadaboev (Mixail Koplan), Abdulaziz Ashrafxonov, Firdavs Kenjaev (Rasul Rahmonberdiev), Sergey Uvarov, Olmos Fayziev (Jahongir Ismoilov), Islomjon Yo'ldoshev, Izzatilla To'lqunov (Abdulbosit Toshmatov), Nodirjon Nosirov (Islomjon Ortiqov),  Irisdavlat Hakimov (Miron Bogomolov), Abdumalik Mahkamboev (Ilhom Abdiev), SHahboz Tojiev.
Gollar: SHahboz Tojiev (4ta), Ilhom Abdiev (3ta), Firdavs Kenjaev (2ta), Sergey Uvarov, Irisdavlat Hakimov, Islomjon Yo'ldoshev, Abdulbosit Toshmatov, Jahongir Ismoilov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика