So’nggi yangiliklar

23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10

Oliy liganing eng yosh gol muallifi yilning eng yaxshilarini aytdi Yangiliklar

Oliy liganing eng yosh gol muallifi yilning eng yaxshilarini aytdi

Teglar :  FutbolIslomNasaf
Qarshining “Nasaf” jamoasi yarim himoyachisi Islom Rashidxonov o'tgan mavsum yakunlari bo'yicha yilning eng yaxshi uch nafar murabbiyi va futbolchilarini elon qildi.

Yakuniga etgan mavsumda Rashidxonov raqib darvozasini ishg'ol qilgan eng yosh futbolchiga aylangandi. U oliy liganing 8-turidan o'rin olgan “Nasaf” - “Qizilqum” uchrashuvida o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan edi.

Bu uning oliy ligadagi ilk goli edi. Yakunda o'sha gol Namangan futbol maktabi tarbiyalanuvchisiga oliy ligada raqib darvozasiga yo'l topa olgan eng yosh gol muallifi maqomini olib bergandi. “Qizilqum” darvozasini ishg'ol qilgan kuni Islom 18 yoshu 198 kunlik edi.

Albatta, bu Islomning shaxsiy tanlovi. SHu bois, Rashidxonovning tanlovini hurmat qilishingizni so'raymiz.

- Islom, yil so'nggida eng yaxshi murabbiy va futbolchilarni aniqlash odat tusiga kirgan. Bu borada shaxsiy tanlovingiz qanday? Har ikki yo'nalishda o'z ovozingizni kimlarga bergan bo'lar edingiz?

- Murabbiylar nominaciyasida birinchi o'rinni Ro'ziqul Saydullaevichga beraman. Ikkinchi o'ringa “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushanni munosib, deb o'ylayman. “Buxoro” jamoasi murabbiyi Jamshid Saidovni uchinchi o'rinda ko'rishni istardim.

- Futbolchilardan-chi?

- Ikkinchi davrada jamoamiz safiga kelib qo'shilgan Dragan CHeranni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb bilaman. Kuchli uchlikda jamoadoshim Bahrom Abdurahimov hamda “Bunyodkor” hujumkor yarim himoyachisi Eldor SHomurodovga ovoz berardim.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика