So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

Oliy liga. 16-turning ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 16-turning ramziy terma jamoasi

Kuni kecha oliy ligada 16-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Saytimiz vakillari odatga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.


Darvozaga "SHo'rtan" posboni Alibek Turobovni qo'ydik. Sababi u Farg'onada "Neftchi" bilan o'yin qahramonlaridan biriga aylandi. Raqibning bir qator hujumlarini qaytargan Turobov uchrashuvga qo'shib berilgan oltinchi daqiqada Muzaffar Muzaffarov tomonidan tepilgan penaltini qaytarib jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.



"Qizilqum"ning "Paxtakor" bilan durang o'ynashida himoyachi SHukurali Po'latovning xissasi katta bo'ldi. "Nasaf"ning o'ng qanot himoyachisi Akmal SHorahmedov "Qo'qon-1912" bilan o'yinda ajoyib o'ynadi. Tur sensaciyasini qayd etgan "Mashal" himoyachisi Sardor Rahmonov chempionlarga bittadan ortiq gol urishlariga imkon bermadi. "So'g'diyona" Jizzaxda "Bunyodkor" bilan nursiz durang qayd etdi, bunda mezbonlar vakili Sardor Qulmatovning xissasi katta bo'ldi.



"Navbahor"ning g'alabasiz seriyasi Toshkentda "Obod" bilan uchrashuvda yakuniga etdi. Azam Aliev shu kuni gol urib hisobni ochdi va qolgan vaziyatlarda ham faol bo'ldi. "Metallurg" Samarqandda "Dinamo"ni yirik hisobda taslim qilgan bahsa Murodjon Toshmatov hisobni ochdi. "Bunyodkor" safida Jizzaxda eng yaxshi o'ynagan futbolchi bu Otabek SHukurov bo'ldi, ammo gol urish nasib qilmadi. Nafaqat turning balki chempionatning eng chiroyli golini urgan Abdulloh Olimov "Lokomotiv" bilan bahs davomida ham raqibga haqiqiy bosh og'riq bo'ldi.



"Metallurg" to'purari Zohid Abdullaev "qaytmoqda". U Samarqanddagi bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi. "Buxoro"ning safarda "Olmaliq" bilan durang o'ynashiga Ivan Nagaevning goli sababchi bo'ldi. Aytgancha "Olmaliq" bu mavsum o'z uyidagi o'yinlarda birinchi bor to'p o'tkazdi, o'sha golni Nagaev urdi.

championat.asia talqiniga ko'ra 16-turning ramziy terma jamoasi

Darvozabon:

Alibek Turobov "SHo'rtan"

Himoyachilar:
SHukurali Po'latov "Qizilqum"
Akmal SHorahmedov "Nasaf"
Sardor Rahmonov "Mashal"
Sardor Qulmatov "So'g'diyona"

Yarim himoyachilar:

Azam Aliev "Navbahor"
Murod Toshmatov "Metallurg"
Otabek SHukurov "Bunyodkor"
Abdulloh Olimov "Mashal"

Hujumchilar:

Zohid Abdullaev "Metallurg"
Ivan Nagaev "Buxoro"

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика