So’nggi yangiliklar

19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  6 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0

Oleg Pashinin: Biz yagona jamoamiz! Yangiliklar

Oleg Pashinin: Biz yagona jamoamiz!

Lokomotiv (Moskva) klubi joriy mavsumni o'ta sust o'tkazmoqda. Jamoa murabbiyi Oleg Pashininning xorijlik kasbdoshimiz bilan muloqoti yuzaga kelgan muammolar va ularning echimi xususida bo'ldi.

- Leonid Sluckiy Moskva va Krilya Sovetovga ustozlik qilgan payt futbolchilarni ruhlantirish uchun ularga maxsus roliklarni namoyish etarkan. Balki siz to'p surgan Lokoni shohsupaga olib chiqqan 2002 yildagi CSKAga qarshi oltin bellashuv lavhalarini namoyish etish shogirdlaringizning tushkunlik kayfiyatidan forig' bo'lishiga yordam berar?

- Faoliyatimdagi eng yorqin sahifalar xususida savol berishganida, doimo o'sha uchrashuvni aytaman. O'yin lavhalarini futbolchilarga namo­yish etish qiziqarli g'oya. Lekin yigitlarimiz hozir shunday motivaciyaga muhtojlar, deb o'ylamayman. Aksincha, ularning kurashga chanqoqligi borasida ko'nglim to'q. Har bir uchrashuv biz uchun finalga teng.

 CHugaynov va to'nka


- Ruhiy tayyorgarlik borasida muammolar yo'q ekan. Boshqa masalalarda-chi? Jamoaning umumiy holati qanday?


- Har bir uchrashuv muhimligini futbolchilar yaxshi tushunishadi. Ayniqsa, kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushish ular uchun qiziqarli. CHunki jiddiy qarshilikka har doim ham duch kelavermaydilar. SHu jihatlar ularga qo'shimcha kuch-quvvat, ishtiyoq baxsh etadi. Jumladan, mash­g'ulotlar paytida ham. O'yinchilarning kayfiyati ko'tarilib, mehnat qobiliyati oshadi.

- Jamoaning quyi pog'onalarda borayotganini qanday izohlaysiz?


- Bu bir qator muammolar bilan bog'liq: yo'l qo'yilayotgan xatoliklar, vaziyat taqozosi, o'zgarishlardan keyingi beqarorlik. qaysidir birini ajratib ko'rsatish qiyin. Bu muammolar jamoa azolari va murabbiylar shtabini masuliyatdan soqit qilolmaydi.

- Aniqlik kiritishning iloji bormi? Nima sababdan jamoa o'yin­lari qovushmayapti?


- Eng noxush jihat shundaki, raqib darvozasi oldida etarli darajada xavfli vaziyatlarni yarata olmayapmiz. Ulardan foydalanish foizi ham juda past. Mana shu masala bizni ko'proq tashvishlantirmoqda.

- Nima, o'yinchilar bir-birlarini tushunishmayaptimi?


- Muvaffaqiyatsizlikni tushunmaslik bilan bog'lamagan bo'lardim. Bu erda ham sabablar juda ko'p. Mazkur kamchiliklar ustida tinmay ishlayapmiz. Har bir mashg'ulotda hujumga alohida etibor qaratyapmiz.

- Samedovning aytishicha, tarkib borasida jamoada muammo yo'q, Loko o'tgan mavsumdagi kabi yuksak natijalarni ko'rsatishga qodir. Bu borada qanday fikrdasiz?


- Menimcha, tarkibni kuchaytirishni istamaydigan murabbiy bo'lmasa kerak. Jamoa qanchalik yuksakka ko'tarilsa, murabbiy shuncha yuqori marralarni ko'zlaydi. Demak, doimo qaysidir poziciyani ko'chaytirish payida bo'ladi.

- Mutaxassislarning fikricha, Lokoga markaziy hujumchi etishmayotgan ekan...


- Jamoaning zaif jihatlari chetdan qarayotgan mutaxassislarga yaqqol ko'rinadi.

- CHetdan berilayotgan baholarga etibor qaratasizmi?


- Nuqtai nazari men uchun qiziqarli bo'lgan kishilar fikrini o'rganib chiqaman. Duch kelgan maqolalarni o'qiyvermayman.

- Igor CHugaynov fikrlari siz uchun qiziqarlimi?


- Igor Valerevich tajribali murabbiy. O'tmishda yuksak saviyali futbolchi bo'lgan.

- Va, bugungi Lokomotivning asosiy tanqidchisi.


- Ha, men buni allaqachon sezganman.

- U Xentini to'nka deb atadi. Bu baho hamiyatingizga tekkandir?


- Har qaysi futbol faxriysi o'yinchilarga baho berishga haqli. Bizda o'z fikrini bildirishni hech kim taqiqlab qo'ymagan.

- Hatto juda qo'pol iboralarni ishlatsa ham maylimi?


- Bu endi muallifning vijdoniga havola. O'rinli tanqid g'azabimni qo'zg'amaydi. Biz boshdan kechirayotgan hozirgi vaziyat ko'plab tanqidiy fikrlar eshitishni taqozo etadi. Buni hammamiz yaxshi tushunamiz.

- Xentiga siz qanday baho berasiz?


- O'z ustida tinmay ishlayapti. Mash­g'ulotlardan so'ng qo'shimcha mashqlar evaziga hujumni muvaffaqiyatli yakunlash, raqibni aldab o'tish, bo'sh hududlarga chiqib ochilish kabi jihatlarni maromiga etkazishga intilmoqda. Bu urinishlari tahsinga loyiq.

- Aleksey Miranchuk shartnomasi borasida gap-cho'zlar avjiga chiqmoqda. Siz qanday fikrdasiz?


- Hammasidan xabarim bor. Lekin masalaning nozik jihatlaridan bexabarman. Tomonlar tezroq bir to'xtamga kelishsa, yaxshi bo'lardi. O'zi kelajagini aynan Lokoda ko'rmoqda.

- U bilan ishlash siz uchun qiyin emasmi?


- Ko'p narsa insoniy fazilatlarga bog'liq. Xayriyatki, Aleksey shartnomaning qiymati va olayotgan daromadidan havolanib ketadiganlar toifasidan emas.

- Portnyaginning ahvoli qanday?

- U yakka tartibda shug'ullanmoq-da. Tez orada umumiy guruhga qo'shilishiga aminman.

- Nima deb o'ylaysiz, inqirozdan tezroq chiqib ketish uchun balki qattiqqo'llik etishmayotgandir?


- qani endi muvaffaqiyatsizlikka qarshi choraning aniq receptini topish mumkin bo'lsa! Muammoning echimini aniqlash uchun hammamiz jon kuydiryapmiz. Birgalikda shu vaziyatga tushib qoldik, hamjihatlikda botqoqlikdan chiqamiz. Axir biz - yagona jamoamiz!

S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика