OKMK - "Navbahor" uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqarildi
09 apr 2023 11:39
Yangiliklar
OKMK - "Navbahor" uchrashuviga chiptalar sotuvga chiqarildi
Futbol bo'yicha O'zbekiston superligasi 5-tur doirasida Olmaliqning OKMK klubi poytaxtdagi “Jar” stadionida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi.
Uchrashuv 9 aprel kuni soat 18:05 da boshlanadi. Musobaqa jadvalida peshqadamlar guruhida borayotgan ushbu jamoalar bahsi qiziqarli va murosasiz o'tishi va uni stadiondan bevosita tomosha qiluvchilar ko'pligi inobatga olinib, chiptalar oldindan tayyorlandi bugun ertalabdan sotuvga chiqarildi. CHiptalar narxi SIP sektor uchun 30.000 ming so'm, qolgan barcha sektorlar uchun bir hil toifada – 10.000 so'mdan etib belgilangan. “Navbahor” muxlislariga 6-7-8 sektorlardan chipta hirid qilishlari tavsiya etiladi. Qolgan sektorlarga OKMK muxlislari va poytaxtdagi neytral ishqibozlar joylashadi.
9 aprel, 18:05. OKMK – “Navbahor”. CHiptalar ertalab soat 9:00 dan boshlab stadion kassalarida sotilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar