So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

OFK Kubogi-2022. "So'g'diyona" - "Istern" uchrashuvi Jizzaxda o'tadi Yangiliklar

OFK Kubogi-2022. "So'g'diyona" - "Istern" uchrashuvi Jizzaxda o'tadi

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi kecha OFK kubogi markaziy mintaqa finalida "Xo'jand"ni 4:0 hisobida taslim qildi.

Navbatdagi o'yin Gonkonning "Istern" klubiga qarshi o'tishi kerak. Ammo bahs qaerda bo'ladi? Kimdir Jizzax deydi, kimdir safarda deydi. SHu savollarga aniqlik kiritish maqsadida PFL klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zohirjon Akramxonov bilan suhbatlashdik.

- 6 sentyabr kungi "So'g'diyona" - "Istern" o'yini qaerda o'tishi haqida ko'plab savollar kelib tushdi. Bahs Jizzaxda bo'ladimi?

- Ha, "So'g'diyona" - "Istern" uchrashuvi Jizzaxdagi "So'g'diyona" stadionida bo'lib o'tadi. OFK bilan o'yin vaqti ham kelishib olindi: 18:00.

Stadion projektorlari 1900 lyuks, OCHL talabi 1800 lyuks. Avgust oyi oxirigacha media tribuna qurilishi yakuniga etadi. Bundan tashqari SIP sektor ham jihozlanmoqda. Tibbiyot xonasini yanada zamonaviy holatga keltirishmoqda. Boshqa hech qanday muammo yo'q. Agar raqiblarni mag'lub etaversa "So'g'diyona" bu yilgi OFK kubogi finalini ham o'z maydonida o'tkazadi.




- Qura bo'yicha mazkur bahs Gonkongda o'tishi kerak edi. Nima sababdan Jizzaxga ko'chirildi?

- To'g'ri quraga ko'ra uchrashuv SHarqiy Osiyoda o'tishi kerak edi. Ammo Gonkong mamlakatiga kirishda 2020 yil COVID tufayli qo'yilgan qatiy talablar hamon yumshatilmagan. SHu sababli Gonkong futbol Associaciyasi o'yinni qabul qilmaslikka qaror qildi. OFK O'zbekiston va Tojikistonga so'rov yubordi. Biz bahsni qabul qilishga tayyorligimizni malum qildik.



Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика