So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

O'FA mutasaddilari Portugaliyaning "Vitoriya Gimaraynsh" klubi akademiyasi bilan yaqindan tanishishdi Yangiliklar

O'FA mutasaddilari Portugaliyaning "Vitoriya Gimaraynsh" klubi akademiyasi bilan yaqindan tanishishdi

O'FA tomonidan Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlar futbol federaciyalari bilan yaqin aloqalar o'rnatib, o'zbek futboli rivoji yo'lida ularning boy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda.

Jumladan, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi Sanat SHaripov, Terma jamoalar departamenti direktori SHarofiddin Hojiniyozov Greciya, Germaniya va CHexiya futbol federaciyalari vakillari bilan uchrashib, hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishishgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
 
O'FA mutasaddilari Portugaliyaning "Vitoriya Gimaraynsh" klubi akademiyasida bo'lib, akamemiya faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan, akademiya rahbari va koordinatori, "Vitoriya Gimaraynsh" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Luis Kastro va akademiya bosh skauti, Skautlar bo'limi boshlig'i Roberto Morais bilan uchrashuv chog'ida Portugaliya akademiyasida yo'lga qo'yilgan ish tizimi, murabbiylar tayyorlash tartibi, bolalar bilan mashg'ulotlar olib borish uslubi haqida gaplashildi.
SHuningdek, kelgusida O'zbekiston U-16, U-19 terma jamoalari ishtirokida "Vitoriya Gimaraynsh" klubi akademiyasi jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish masalasi ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, akademiya skautlari mamlakatimizga taklif etildi. Ular yurtimizdagi iqtidorli futbolchilarni kuzatib borib, eng munosiblarni Portugaliyaga olib ketishlari rejalashtirilgan.
 
"Vitoriya Gimaraynsh" klubi akademiyasiga tashrif davomida O'FA mutasaddilari bu erda yaratilgan infratuzilma bilan ham yaqindan tanishishdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика