Odilbek Abdumajidov: "O'zbekistonda ko'proq texnikaga asoslangan futbol o'ynaladi. Qozog'istonda esa kuchga ko'proq etibor qaratiladi"
04 mar 2023 00:19
Yangiliklar
Odilbek Abdumajidov: "O'zbekistonda ko'proq texnikaga asoslangan futbol o'ynaladi. Qozog'istonda esa kuchga ko'proq etibor qaratiladi"
- Rasmiy debyut va golingiz haqida fikringiz?
- Nima ham deya olaman. Alloh nasib qildi, gol urdim. CHempion jamoaga qarshi o'ynadik. Ulardagi aksariyat futbolchilar terma jamoada o'ynashadi, o'zimizning akalarimiz. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, yaxshi yig'inlar o'tadik.
- Farrux Sayfievning golidan keyin himoyada qandaydir palapartishlik bo'lgandek tuyildi. Jamoa bunga ruhan tayyormidi?
- Tayyor edik. SHunchaki, pressingda ko'proq o'ynaganimiz uchun biroz charchoq bo'ldi. Ular hujumga katta kuch bilan o'tishdi. Sabab shunda.
- Qozog'iston va O'zbekiston chempionatlari farqi?
- O'zbekistonda ko'proq texnikaga asoslangan futbol o'ynaladi. Qozog'istonda esa ko'proq kuchga etibor qaratiladi. U erda ko'proq legionerlar rol o'ynaydi.
- "Ordabasi"dan qaytganingizdan so'ng Superliganing bir necha klublaridan yaxshi takliflar bo'ldi. Nega aynan "Olimpik"ni tanladingiz? Maqsad Olimpiada edimi?
- Ha, aynan Olimpiada sabab "Olimpik"ni tanladim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar