So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  2 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Odil Ahmedovning Bekobod shahriga tashrifi yoxud "Metallurg" akademiyasi bilan tanishuv Yangiliklar

Odil Ahmedovning Bekobod shahriga tashrifi yoxud "Metallurg" akademiyasi bilan tanishuv

O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov kecha "El Golazo Academy Powered by Real Madrid" akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

O'zbekiston U-23 hamda Tojikiston U-23 terma jamoasi o'rtasidagi uchrashuv munosabati bilan Bekobodga borgan O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Odil Ahmedov fursatdan unumli foydalanib, "Metallurg" futbol klubi qoshida yaratilgan zamonaviy akademiyada hozir bo'ldi. Ahmedovga do'sti Sodiqjon Ahmadaliev va 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi Ilhom SHaripov hamrohlik qildi. 

O'zbekiston futboli yulduzi dastlab "Yoshlar bog'i"ga yaqin hududda joylashgan akademiya maydonlari va kiyinish xonalarini ko'zdan kechirdi.

Hozircha bu erda 2 ta 104x69 m o'lchamdagi (1 ta suniy, 1 ta tabiiy) maydon barpo etilgan bo'lib, yana 3 ta maydon qurilishi rejalashtirilgani aytildi. Alohida aytish joiz, maydonlar daryo yaqinida bo'lgani bois hamisha futbolbop ob-havo hukmronlik suradi.

SHundan so'ng Odil Ahmedov boshchiligidagi delegaciya azolari "El Golazo Academy Powered by Real Madrid" bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi o'quv binosini borib ko'rishdi. 

"O'zbekiston metallurgiya kombinati" AJ boshqaruvi raisi Rashid Pirmatov, akademiya direktori Akmal SHaripov va "Metallurg" klubi boshlig'i SHavkat Saidov akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar va uning faoliyati xususidagi malumotlar bilan bo'lishdi.

U erdagi muhit odamni ajablantirmasdan qolmaydi. 280 nafar tarbiyalanuvchini o'z bag'riga olgan maskanda talimga alohida urg'u qaratiladi. SHunga monand har bir fan uchun alohida xonalar ajratilgan. 

SHuningdek, yosh futbolchilar uchun shinam maydonchalardan tashqari fintes markaz, suv havzasi va tiklanish xonalari xizmat ko'rsatadi. Bolalarni tarbiyalaydigan murabbiylar esa ispancha metodda ish olib borishadi. 

"Metallurg" klubi boshlig'i SHavkat Saidovning aytishicha, shu erda faoliyat olib borayotgan murabbiylar ispaniyalik mutaxassislardan ko'p narsani, xususan, zamonaviy ish uslubi va doimiy ravishda texnologiyalardan foydalangan holda ish tutishni o'rganishgan.

Akademiya bilan tanishuv davomida bolalar, ularning ustozlari bilan uchrashuv va savol-javoblar ham bo'lib o'tdi. 

"Siz yoshlarga havasim kelyapti. Qani edi, mening yoshligim qaytsa-yu, o'yinlarga shunaqa sharoitlarda tayyorgarlik ko'rsak va o'ynasak. Menda ham shunaqa sharoit va imkoniyat bo'lganida, Rossiya darajasida emas, Evropa etakchi chempionatlari darajasida o'ynagan bo'lardim. Futbolda yaxshi futbolchi bo'lish uchun hammasi o'zingizga bog'liq. Ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Agar sizlar ham astoydil harakat qilsangiz, maqsadingizga etasiz. Futbolchi uchun eng muhimi – tartibga rioya qilish. Vaqtida uxlash, vaqtida ovqatlanish va hokazo. Intizom joyida bo'lishi kerak. Tinmasdan mehnat qilsangiz, o'z orzu qilgan klublaringizda o'ynay olasiz, bunga 100 % ishonaman. Bularni o'z tajribamdan kelib chiqib aytyapman. Katta futbolchilar va murabbiylar bilan ishlaganman, shulardan o'rganganlarim va ko'rganlarimni hozir sizga qisman gapirib beryapman. Xudo xohlasa, orangizdan O'zbekiston bayrog'ini yuqorilarga ko'taradigan, o'smirlar, yoshlar, olimpiya va milliy termamizda o'ynaydigan futbolchilar etishib chiqadi. Sizlarga eng avvalo, sog'liq tilayman. O'z ustingizda ishlashdan charchamanglar, to'xtab qolmanglar. Oldingizda baland tog' bor va undan sekin-asta yuqoriga chiqib boryapsiz", – dedi Ahmedov o'z nutqida.   

Uchrashuv so'ngida "O'zbekiston metallurgiya kombinati" AJ boshqaruvi raisi, "Metallurg" prezidenti Rashid Pirmatov va O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov o'zaro esdalik sovg'asini almashdi. Yakunda namanganlik futbol faxri "El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation" bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi esdaliklar kitobiga o'z dil-izhorlarini yozib qoldirdi. 

SHu tariqa, akademiya bilan tanishuv nihoyalandi va barcha yig'ilganlar O'zbekiston U-23 — Tojikiston U-23 o'rtoqlik uchrashuviga yo'l olishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика