So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  28 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

O'zbekiston faxri Odil Ahmedov faoliyatidagi eng kuchli murabbiy kim? 2011 yilgi tarkibga hozirgi futbolchilardan kimlarni qo'shardi? Yangiliklar

O'zbekiston faxri Odil Ahmedov faoliyatidagi eng kuchli murabbiy kim? 2011 yilgi tarkibga hozirgi futbolchilardan kimlarni qo'shardi?

Ayni paytda O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan Odil Ahmedov "90minutuz" podkastida qatnashdi.

Podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev Ahmedovga qiziq savol bilan murojaat qildi.

- Agar sizda O'zbekistonning 2011 yilgi tarkibiga hozirgi 3 nafar futbolchini qo'shish imkoni bo'lganida, ular kimlar bo'lardi?

- Men 4 kishini qo'shaman (kuladi). Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullaev, Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov.

Shundan so'ng vaziyatga, podkast mualliflaridan yana biri Alisher Uzoqov qo'shildi va savolni biroz o'zgartirib: "Aksincha hozirgi tarkibga 2011 yilgi jamoadan qaysi futbolchilarni qo'shardingiz?", deya svol berdi.

"Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov va Aleksandr Geynrix", – dedi terma jamoa sobiq sardori.

Shuningdek, Ahmedov suhbat davomida taktik tarafdan faoliyatidagi eng kuchli murabbiy kim bo'lganini aytib o'tdi:

"Umumiy olib qarasak, Gus Xiddinkning taktik yondashuviga alo baho qo'yardim. Mashg'ulot jarayonlarida kamchiliklari bor edi, ammo taktik taraflama juda kuchli mutaxassis bo'lgan. Mashg'ulot bo'yicha portugaliyalik murabbiylar Andre Villash-Boash va Vitor Pereyra ustasi farang edi.

Gus Xidding maketda tushuntirib, futbolchiga hammasini to'g'ri etkazib bera olardi. Siz taktik tomondan nima qilishingizni aniq bilardingiz. Evropalik murabbiylar ikkita xato bo'ladi deb hisoblaydi. Bular – taktik va individual. Individual xato har doim uchrab turadi, chunki aldaganingda oldirasan, tepganingda noaniq zarba berasan, lekin taktik xato qilishga haqqing yo'q deyishardi".



"90minutuz" podkasti to'liq holda:


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика