OCHL: "Lokomotiv"ning kechagi g'alabasi va guruhdagi vaziyat haqida
05 mar 2019 15:30
Yangiliklar


OCHL: "Lokomotiv"ning kechagi g'alabasi va guruhdagi vaziyat haqida
Unda dastlabki kungi bahslarda vakillarimizdan "Lokomotiv" ishga kirishdi. Xuddi o'tgan yilgi kabi "temiryo'lchilar" ilk turni o'z uyida, eski tanish raqib bo'lgan "Al Vahda"ga qarshi o'yin bilan boshlashdi. Uchrashuv avvalida va bahs so'nggida Temurxo'ja Abduxoliqov hamda Islom To'xtaxo'jaev tomonidan kiritilgan gollar g'alabani mustahkamladi.
Lokomotiv Tashkent Temurkhuja Abdukholiqov - 5', Islom Tuhtahujaev - 90' |
AFC Champions League Grp. B . 1-tur 04/03/2019, 16:00 0
:
2
Tugadi
|
Al-Wahda |
"Garchi o'yin finishiga yaqin jarayon biroz taranglashib, asablar o'ynagan bo'lsada, "Al Vahda" xoh Toshkentda, xoh Abu Dabida bo'lsin biz uchun jiddiy raqib emasligi ko'rindi. Aslida kechagi o'yin ham o'tgan yilgi startdek yirik hisobdagi g'alabaga aylanishi mumkin edi. Biroq xavfli vaziyatlardan foydalanish borasidagi muammo bunga yo'l qo'ymadi. Mavsum starti va jamoa hali to'liq o'yinga kirishib ketmagani ham o'z tasirini ko'rsatdi. Quradan keyinoq "Loko"ga nisbatan ancha oson guruh tushgani malum bo'lgandi. Kecha bu yana bir bor o'z isbotini topdi. "Lokomotiv" mazkur guruhdan bemalol chiqishi shart.
Javohir Ilyosov OCHLdagi debyutini yaxshi boshladi. Hoshimov ham ancha faol va ishonchli o'ynadi. Eng faol o'ynagan shubhasiz Temurxo'ja Abduxoliqov bo'ldi. Sardor Mirzaev esa hozirgi "Lokomotiv"ning haqiqiy etakchisi va asosiy futbolchisi, menimcha. Jokich esa maydon markazida jamoa o'yinini bir meyorda ushlab turishda muhim o'yinchi. Islom To'xtaxo'jaevning kechagi shedevr goli esa o'yinga chiroyli "nuqta" qo'ydi", - deb yozadi SHahboz Beg'amov o'zining telegram kanalida.
Guruhdagi ikkinchi bahsda "Al Ittihod" Saudiya Arabistonida Qatarning "Ar Rayyan" jamoasini 5:1 hisobida tor-mor keltirdi. Bahs avvalida o'yindagi hisob mehmonlar "Ar Rayyan" tomonidan ochildi. Javoban esa saudiyaliklar qatarliklar darvozasiga beshta gol yo'llashdi.
Al Ittihad Fahad Al-Muwallad - 45', Abdulaziz Al-Aryani - 45', Ziyad Al Sahafi - 48', Abdulrahman Al Ghamdi - 70', Fahad Al-Muwallad - 78' |
AFC Champions League Grp. B . 1-tur 04/03/2019, 22:35 1
:
5
Tugadi
|
Al-Rayyan Gonzalo Viera Davyt - 23' |
Qayd etish kerakki, mazkur alamli va sharmandali mag'lubiyatdan keyin "Ar Rayyan" bosh murabbiyi Byulent Tuygun istefoga chiqarildi.
Ayni paytda birinchi turdan keyin "B" guruhida "Al Ittihod" to'plar nisbatiga ko'ra peshqadamlik qilmoqda. "Loko" hisobida ham 3 ochko mavjud va ular ikkinchi qatordan joylashishdi. "Al Vahda" va "Ar Rayyan" esa birinchi turdan keyin rasman autsayder maqomida turnir jadvalining pastki qismidan o'rin olishdi.
Kelasi tur keyingi hafta o'tkaziladi. Unda autsayderlar o'z maydonida guruh favoritlarini qabul qilishadi: "Al Vahda" o'z uyida "Al Ittihod"ni mehmon qilsa, "Lokomotiv" bosh murabbiysiz qolgan "Ar Rayyan" tomon safar qiladi.
Al-Rayyan Lucca - 38', Gelmin Rivas - 58' |
AFC Champions League Grp. B . 2-tur 11/03/2019, 20:35 1
:
2
Tugadi
|
Lokomotiv Tashkent Diyor Turopov - 4' |
Al-Wahda Mohammed Al Menhali - 16', Leonardo - 52', Ismail Matar - 80', Leonardo - 90' |
AFC Champions League Grp. B . 2-tur 11/03/2019, 20:00 1
:
4
Tugadi
|
Al Ittihad Nasser Al-Shamrani - 56' |
Malumot o'rnida: Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev kechagi "Loko"ning g'alabasidan so'ng o'zining telegram kanalida o'zbek jamoalarining OCHLdagi g'alabalari soni qancha bo'lganini esladi. Unga ko'ra, kechagi g'alaba "Loko"ning OCHLdagi 8-g'alabasi sifatida tarixdan o'rin oldi. "Nasaf" hisobida ham shuncha g'alaba mavjud. Eng ko'p g'alaba esa "Paxtakor"ga tegishli - 41. "Bunyodkor" hisobidagi g'alabalar soni esa 27tani tashkil qiladi. OCHLdagi avvalgi munatazam ishtirokchimiz "Neftchi" esa OCHLda jami 9 marotaba g'alaba tamini tatib ko'rgan. "Mashal"da 2ta, AGMKda 1 g'alaba bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar