So’nggi yangiliklar

11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  12 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3

OCHL. “Bunyodkor” Doxadagi qahramonlikni Ar Riyodda ko'rsata oladimi? Yangiliklar

OCHL. “Bunyodkor” Doxadagi qahramonlikni Ar Riyodda ko'rsata oladimi?

Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan “Al Hilol” va “Bunyodkor” o'rtasida javob bahsi bo'lib o'tadi.
Yaxshi bilasiz, Toshkentda o'tkazilgan birinchi o'yinda “Al Hilol” 1:0 hisobida g'alaba qozonib ketgandi. Endi “Bunyodkor”ning bor umidi javob uchrashuvidan.

Kecha kechki payt o'yinoldi matbuot anjumani o'tkazildi va unda ishtirok etgan “Bunyodkor” murabbiyi Aleksandr Volkov jamoa bugungi o'yinga tayyorligini va g'alaba qozonish uchun reja ishlab chiqqanini malum qildi. Qanday reja ekanligini esa o'yin paytida bilib olamiz. Umuman olganda, uchrashuvga bo'lgan qiziqish katta. “Bunyodkor”ning kuzgi bahslarda o'ynash-o'ynamasligi bugun malum bo'ladi.

Dastlabki bellashuvda ko'rdikki, “Al Hilol” ancha jiddiy raqib. Ammo ularni mag'lub etsa bo'ladi. Mana guruh o'yinlarida “Al Jaish”ni kuchli degandik, lekin “Bunyodkor” ularni guruhda qoldirib ketdi. Lekin farqi shundaki, “Al Hilol”da OCHLda o'ynash borasida tajriba katta. Ular musobaqaning muntazam ishtirokchisi hisoblanadi, “Al Jaish” esa birinchi bor qatnashdi va tajribasizligi pand berdi.

Bugungi o'yinga 50 ming muxlisning tashrif buyurishi kutilyapti. Malumki, “Al Hilol” uy uchrashuvlarida “Qirol Fahd” stadioni doim to'ladi. U erdagi muhit ham boshqacha bo'ladi. Muxlislar raqib o'yinchilarini izdan chiqarishga harakat qilishadi, ammo “Bunyodkor” liq to'la stadionlarda to'p tepaverib o'rganib qolgan, bu bilan jamoani ruhiy ezish mushkul.

Agar “Bunyodkor” 1:0 hisobida g'alaba qozonadigan bo'lsa, qo'shimcha bo'limlar belgilanadi, keyin navbat penaltilar seriyasiga borishi mumkin. Agar “Bunyodkor” Doxadagi qahramonlikni Ar Riyodda ham ko'rsata olsa, chorak finalga yo'l oladi. Yo'qsa yo'lni “Al Hilol”ga bo'shatib berishga to'g'ri keladi. Demak, Volkov shogirdlaridan qahramonlikni kutib qolamiz.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика