So’nggi yangiliklar

11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  4 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  2 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  6 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  9 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  42

OCHL. 4-turga oid statistikalar Yangiliklar

OCHL. 4-turga oid statistikalar

Kecha, 18 sentyabr kuni Osiyo CHempionlar ligasi G'arb mintaqasida 4-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Ortda qolgan 4-turga oid ayrim statistikalarni keltirib o'tamiz, ularni OFK taqdim etdi. Biz esa biroz boyitdik.

- Iroqning "Al SHorta" klubi OCHLda 13 o'yindan keyin nihoyat dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi (1 g'alaba, 3 durang, 10 mag'lubiyat). Iroqliklar S.Arabistonining "Al Ahli" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etishdi.


- "Paxtakor" - "Al Hilol" bahsida darvozalarga jami ikkita aniq zarba yo'llandi (har ikkisi "Al Hilol"ga tegishli). Bu CHempionlar ligasida 2017 yilning 24 aprelidan beri eng kam aniq zarba berilgan bellashuv bo'ldi. Qizig'i, o'shanda ham "Al Hilol" ishtirokidagi o'yin ("Persepolis" bilan)da 90 daqiqada bor yo'g'i ikkita aniq zarba yo'llangan (hisob - 0:0).


- "Paxtakor" bilan o'yindagi 0:0 hisobi "Al Hilol" uchun OCHLdagi 15-golsiz durang bo'ldi. Bu musobaqa tarixida boshqa istalgan jamoadan 5 taga ko'p degani.


- Qatarning "Al Sadd" jamoasi musobaqa tarixida ettinchi marta bir o'yinda 4 va undan ko'p gol urdi. Xavi shogirdlarining "Al Ayn" ustidan qozongan 4:0 hisobidagi g'alabalari 2018 yilning mart oyida O'zbekistonning "Nasaf" klubi ustidan qozonilgan g'alaba (4:0)dan keyingi eng yirigi bo'ldi.


- BAAning "Al Ayn" jamoasi musobaqa tarixidagi eng yirik mag'lubiyatini takrorladi ("Al Sadd"ga 0:4 hisobida yutqazdi). Jamoa 2011 yilning aprel oyida Yaponiyaning "Nagoya Grampus" klubiga ham aynan shu hisobda imkoniyatni boy bergan.


- "Al Sadd" hujumchisi Bag'dod Bunedja CHempionlar ligasida oxirgi 17 o'yinda ilk bor dubl qayd etdi. Bundan oldin u 2018 yilning avgustida Eronning "Istiqlol" jamoasiga qarshi bahsda ikkita gol urgandi. Qizig'i, o'shanda uning birinchi goliga bugungi kunda jamoa bosh murabbiyi hisoblangan Xavi golli pas bergandi.


- "Al Nassr" hujumchisi Abdulrazzoq Hamdallah CHempionlar ligasida ketma-ket sakkizinchi o'yinda gol urdi (9ta gol). 2013 yil ("Opta" musobaqaning statistikasi bilan to'liq shug'ullanishni boshlaganidan beri)dan beri faqatgina Xalk turnirda ko'proq ketma-ket o'yinlarda gol urgan ("SHanxay SIPG" tarkibida 2017 yil ketma-ket 9 uchrashuvda gol urgan).

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика