So’nggi yangiliklar

10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  0 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  2 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  4 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  5 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  0 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  38 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  47 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  2 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  13

OCHL 3-turida kiritilgan ikkita shedevrni suratlar ketma-ketligida tomosha qiling Yangiliklar

OCHL 3-turida kiritilgan ikkita shedevrni suratlar ketma-ketligida tomosha qiling

Bugun OCHLda 4-turga start beriladi.

Bugungi o'yinlandan oldin ortda qolgan 3-turda kiritilgan ikkita shedevr golni suratlar ketma-ketligida etiboringizga havola etamiz.

Birinchisi afsuski o'zbekistonliklarni xursand qilmagan gol. "Paxtakor"ga qarshi bahsda "Al Hilol" dirijyori Sebastyan Jovinko 1-bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Farruh Sayfiev tomonidan o'ziga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etdi. SHedevr golni suratlar yordamida tomosha qiling va o'zingiz baho bering.

To'p nuqtaga qo'yilmoqda.


"Sanat asari".


Ideal yo'llangan zarba va chiroyli yakun.


Video, Tas-IX emas



Qizig'i, ikkinchi gol ham bevosita o'zbek futbolchisiga aloqador. "C" guruhi doirasida hamyurtimiz Otabek SHukurov to'p tepadigan "SHarja" jamoasi Qatarning "Al Duhayl" klubiga qarshi kurash olib bordi. Ana shu uchrashuvning 51-daqiqasida "Duhayl"ning eronlik legioneri Ramin Rizoyan SHukurov jamoasi darvozasi tomon belgilangan jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etdi. Yaxshisi o'zingiz tomosha qiling va baho bering.

Negadir jarima zarbasi belgilanganidan keyin ichimdagi "men" - o'rtaga bor, hozir nimadir bo'ladi, dedi) Darvoza ortidagi operator turgan joyga yugurib bordim.


Rizoyanning "sanat asari".


Ajoyib kadrlarni "ushlay" olganimdan juda xursand bo'ldim va menga qarab qo'ygan haligi operatorga qarab tabassum ila zo'r ishorasini qildim, u ham menga xuddi shunday javob qaytardi. Ha, u ham zo'r kadrni olish qanchalik mazaligini biladi.



Video, Tas-IX emas



Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика