"Nyukasl" "CHelsi"ning 3 nafar futbolchisiga ko'z tikdi
17 jan 2023 16:30
Yangiliklar
"Nyukasl" "CHelsi"ning 3 nafar futbolchisiga ko'z tikdi
Bular – yarim himoyachilar Ziesh, Gallaxer va Loftus-CHik.
"Nyukasl" "CHelsi"ning 3 nafar yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.
"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, "hakkalar" Konor Gallaxer, Ruben Loftus-CHik va Hakim Zieshni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"CHelsi" bosh murabbiyi Grem Potter dastlabki ikki futbolchini yo'qotishni istamaydi, ammo oxirgisi qo'yib yuborishga tayyor.
29 yoshli marokashlik futbolchi joriy mavsum APLda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar