"Nyukasl" "Barselona" yarim himoyachisi uchun 100 million evro to'lashga tayyor
29 avg 16:26
Yangiliklar
"Nyukasl" "Barselona" yarim himoyachisi uchun 100 million evro to'lashga tayyor
"Nyukasl" rahbariyati "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni sotib olish uchun pul ajratishga tayyor.
Insayder Xose Alvares Ayining so'zlariga ko'ra, Angliya klubi 22 yoshli ispaniyalik futbolchini yaqin vaqt ichida safiga qo'shib olmoqchi. "Nyukasl" rahbarlari "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachisi uchun taxminan 100 million evro sarflashni rejalashtirmoqda.

"Manchester Yunayted" rahbariyati avvalroq "Barselona" bilan Lopesning transferi bo'yicha kelishuvga erisha olmagandi.
Eslatib o'tamiz, Fermin Lopes o'tgan mavsum Kataloniya klubi safida Ispaniya chempionatida 28 o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar