"Nyukasl" "Atletiko" vingeriga qiziqmoqda
08 noy 2022 18:24
Yangiliklar
"Nyukasl" "Atletiko" vingeriga qiziqmoqda
Belgiyalik futbolchi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Yannik Ferreyra Karrasko "Nyukasl"ga qiziqish bildirmoqda.
"Mundo Deportivo"ning xabar berishicha, Angliya klubi qishki transfer oynasida belgiyalik vingerni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. "Atletiko" CHempionlar Ligasidan chiqib ketganidan keyin bir nechta o'yinchilarini sotishni rejalashtirmoqda va bu ro'yxatda Karrasko ham bor.
Futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va vingerning transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Karrasko joriy mavsum barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta to'p kiritdi va 2 ta golga pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar