"Nottingem Forest" Manchini bilan muzokara olib bormoqda
19 okt 00:45
Yangiliklar


"Nottingem Forest" Manchini bilan muzokara olib bormoqda
Roberto Manchini "Nottingem Forest"ning bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.
Bugun ingliz klubi Endj Postekogluni bosh murabbiylik lavozimidan istefoga chiqarganini elon qildi. Uning rahbarligi ostida "o'rmonchilar" 8 ta o'yin o'tkazib, bironta ham g'alabaga erisha olishmadi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, "Nottingem" "Zenit" va Italiya terma jamoasining sobiq murabbiyi bilan klubdagi faoliyat bo'yicha aloqa o'rnatgan. Manchini 2023 yildan 2024 yilgacha Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarib, 18 ta o'yinning 7 tasida g'alaba qozongandi.
Roberto 2009 yildan 2013 yilgacha Angliyada - "Manchester Siti"da faoliyat yuritgan edi.
"Nottingem Forest" hozirda APL turnir jadvalida 8 turdan so'ng 5 ochko bilan 18-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar