So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

No'mon Hasanov: “Olmaliqdagi o'yin natijasi bilan umuman qiziqqanim yo'q” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Olmaliqdagi o'yin natijasi bilan umuman qiziqqanim yo'q”

“Neftchi” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi No'mon Hasanov va etakchi futbolchilarimizdan biri Suhrob Berdievlar ishtirok etishdi.

No'mon Hasanov: – O'yin haqiqiy derbiga xos “jang” bo'ldi. Bugun xatolarimiz evaziga mag'lubiyatga uchradik. Darvozabonimizning xatosi etmaganidek, penaltidan ham foydalana olmadik. Qizil kartochka ham rejamizni buzib yubordi. “Derbi”da bir kishi kam bo'lib harakat qilish mushkul ish. Bugun bizni stadionda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. “Neftchi”ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi uch ochko oltinga teng bo'ladi.

Olmaliqdagi o'yin natijasi bilan umuman qiziqqanim yo'q. Faqat o'zimizning o'yinimiz haqida o'yladim.

Suhrob Berdiev: – O'yin shiddatli kechdi. “Derbi”lar odatda shunday o'tadi. Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini bugun bajarishda oqsadik. Buning natijasida mag'lubiyatga uchradik. Qolaversa yaratilgan vaziyatlardan ham foydalana olmadik.

SHuncha yo'l yurib bizni qo'llash uchun kelgan muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi uchrashuvlarda ularni xursand qilishga harakat qilamiz.


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика