So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

"NISHonda". "Andijon"dan "shedevrlar"... Yangiliklar

"NISHonda". "Andijon"dan "shedevrlar"...

Kimdir aytgan ekan: "Xotining yomon bo'lsa, faylasuf bo'lasan".

"Andijon"ning muvaffaqiyatsizligi, Pro ligaga "sho'ng'igani" yomon bo'ldi. Ammo hikmat qidirsak, bu voqea futbolimizga bir nechta faylasufni taqdim qilgan ko'rinadi. Har holda "burgutlar"ning rasmiy kanalida yozilayotgan matnlar shunday taassurot uyg'otmoqda. Quyida jamoa matbuot xizmati tomonidan taqdim qilingan "shedevr"larni kichik izohlari bilan keltiramiz. O'qing, faqat yig'lamang...

Demak, 2021 yilning 20 sentyabr kuni "Andijon" matbuot xizmati yozgan matndan bazi bo'laklarni ajratib olamiz:

1. "...keyingi safar "Andijon" klubi shaniga dog' tushirishi mumkin bo'lgan, asossiz fikrlardan iborat bo'lgan har qanday chiqishlarga o'z munosabatimzni bildiramiz"

Darhaqiqat, "burgutlar"ning "shaniga dog' tushirishi mumkin bo'lgan" qator holatlar bo'ldi. Xususan, yuqoridagi ogohlantirishni yozgan matbuot xizmati vakillari tomonidan qilinganlari ham. Masalan, masullar klubning rasmiy telegram kanali orqali "Andijon"ni bir necha bor "autsayder jamoa" sifatida etirof qilishgan. Haqiqatga tik boqish yaxshi, lekin jamoa ichida turib, unga nisbatan bunday sifatni ishlatish yaxshi emas. Masalan, "Paxtakor" matbuot xizmati hatto raqiblarini ham "autsayder" sifatida ko'rsatmaydi.

2. "Sudga murojaat qilib, yuridik tomondan shanimizni himoya qilamiz va davogar tarafni bildirgan fikrlarini asoslab o'tishlarini talab qilamiz"

Bu xabar elon qilingandan uncha ko'p o'tmay turib, "Andijon" rasmiy sahifasida Edgar Bernxard, Jasur Jaloliddinov va Otabek G'ulomxo'jaevlar shaniga dog' tushiradigan  fikrlar yozildi. Masalan, hozir qirg'izistonlik futbolchi uni "nogiron" degani uchun "Andijon" klubini sudga berishi mumkin.

3. "Bunday nimjon, yakkakurashlarga kirishga cho'chiydiganlarni nega taklif etisharkin, deya ajablangandik"

Gap Vasiliy Sovpel haqida. Yani "Andijon" matbuot xizmati "Andijon" futbolchisiga tarif bermoqda.

4. "Boshqalar haqida fikr bildirsak, Plamen Dimovga OKMK tomonidan qiziqish bo'lgan..."

Bilasizmi, aslida boshqalar haqida fikr bildirishga umuman haqqingiz yo'q.

5. Hujum chizig'idagilarga o'yinlari o'xshamaganligi uchun ham tormozlik yarashadigan bo'lib qoldi shekilli-da!

Davom etamiz, "Andijon" matbuot xizmati "Andijon" hujum chizig'iga tarif bermoqda.

6. Kechagi yalinib,iltimos qilganlar tezda o'zgarishdi,kechagi holatlarini unutishdi.  Xuddi osmondagi oyni olishga qodirga aylangandek,ayrimlari 180 gradusga o'zgarishdi...

Rasmiy sahifada "Hikmatlar xazinasi".

Bu ro'yxatni yana uzoq davom ettirsa bo'ladi. Balki, klub rasmiylari bizga teskari fikrda bo'lishi mumkin. Lekin siz uchun, sizning libosingizda ter to'kkan yigitlarni nogironlikda ayblash, "tormoz"ga qiyoslash va ularning shaxsiyatiga tegganinggizni hech qanaqasiga oqlay olmaysiz. 

Umid qilamizki, O'zPFL matbuot xizmati bu masalada ham "Andijon" rasmiylaridan o'z maslahatini ayamaydi va yuqoridagi kabi xunuk holatlar boshqa takrorlanmaydi.

P.s. Kreativ bo'lish yaxshi. Biroq, rasmiy sahafalar kimningdir kundaligi yoki dilidagi gaplarini yozib boradigan minbar bo'lmasligi kerak. 

Aqrab Aliev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика