So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Nikola Lazarevich: "Jamoamizning har bir vakilini "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alaba bilan muborakbod etaman" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Jamoamizning har bir vakilini "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alaba bilan muborakbod etaman"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Navbahor" (3:2) bellashuvidan so'ng navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda, bu g'alabani Navoiy xalqiga bag'ishlishimizni aytib o'tmoqchiman. Muxlislar 2 yil kutishdi va nihoyat, Navoiyda to'p tepdik. O'ylaymanki, ularni xursand qila oldik. Boshqa tomondan, rahbariyat va mutasaddilarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Jamoamizning har bir vakilini ham g'alaba bilan muborakbod etaman. "Nasaf"dan qabul qilib olingan yirik mag'lubiyatdan (0:4) keyin futbolchilar bilan gaplashib olgandik va navbatdagi bahsga jiddiy hozirlik ko'rgandik. Bugun hammasi o'xshadi. Eng muhimi, 3 ochkoga ega chiqish edi. Jamoamiz bundan keyin ham faqat ijobiy natijani ko'zlab maydonga tushadi. Biz "Navbahor" kuchli jamoa ekanligini bilardik. Ular to'pni yaxshi nazorat qilishi va hujumni qanday tartibda boshlashidan xabardor edik. O'yin 50 ga 50 bo'lib o'tdi. Bizga omad kulib boqdi.

- Roman Papariga dastlabki 3 ta o'yinda yaxshi harakat qilayotgandi, hozir esa uning holati yaxshi emasdek tuyulmoqda. Bugun aniq zarba ham berolmadi. Unga nima bo'ldi?

- Mavsum davomida shunday onlar bo'ladiki, futbolchi yaxshi boshlaydi, ammo keyin formasi biroz tushadi. Papariga yaxshi holatda kelgandi. U "Naftan" (Belarus)da yorqin o'yin ko'rsatgan va qaysidir manoda o'zini o'zi boshqa jamoalarga tavsiya qila olgan. Ehtimol, hozir unda biroz pasayish kuzatilayotgandir, lekin u mashg'ulotlarda tinim bilmaydi. 

- Shahzod Rahmatullaev qaydnomada ham yo'q edi. U qachon qaytadi?

- U o'tgan o'yinda jarohat oldi. Shifokorlar tavsiyasiga ko'ra unga dam berildi. Shundan so'ng sekin-asta tiklanish mashg'ulotlarini olib boradi va keyingi o'yinlarga qaytadi. 


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика