So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  8 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Nikola Lazarevich: "Bugun nozik joyimizdan pand edik" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Bugun nozik joyimizdan pand edik"

"Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Neftchi"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

"Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yin uchun o'z jamoaga rahmat aytmoqchiman. 

Birinchi davradagi o'yindan farqli o'yin bo'lishini bilardim, sababi "Neftchi"da murabbiy o'zgardi. Biz bugun nozik joyimiz bo'lgan standartlardan gol o'tkazdik. Raqibdan shunday o'yin kutgandik. "Neftchi"ning himoyasini yorib kirishga qiynaldik. 

- Komolafeni ancha barvaqt almashtirishingizning sababi nima?

- Murabbiylar shtabi bugun uning kuni emasligini sezdik. Pol uchrashuv boshidan uni almashtirgunimizgacha o'ziga o'xshamadi. 

- Uchinchi marta "Neftchi"ga qarshi o'ynadingiz: ikkita chempionatda va bitta kubokda. Balki yigitlaringiz "Neftchi" quyi o'rinlarda borayotgani uchun mensimagandir...

- Bunday o'ylamayman. Raqibni mensimaslik kabi holat bo'lmadi. Biz bugun faqat g'alaba uchun o'ynadik. 

- Nesterov o'yin tugaganidan keyin muxlislar bilan tortishib ketdi. Bunga qaraysiz? 

- To'g'risi buni ko'rmadim. U tajribali futbolchi. Ignatiy 20 yildan buyon futbol o'ynamoqda. Balki muxlislar provakacion harakat qilishgandir...

- Temurxo'ja Abduxoliqov deyarli har o'yinda gol urayotgandi. Bugun esa bunday bo'lmadi, uning o'yiniga qanday baho berasiz? 

- Raqib uch nafar markaziy himoyachi bilan o'ynashini bilardik. "Neftchi" himoyasi yaxshi himoyalandi va hujumchilarimiz o'zlarini ko'rsata olishmadi. 

- Bugungi mag'lubiyatdan keyin "Qizilqum"da sovrinli o'rinlar uchun kurashish uchun imkoniyati qanday? 

- Hali imkoniyatimiz bor, biz oxirigacha kurashamiz", dedi navoiyliklar ustozi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика