So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   7 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Nikola Lazarevich: “Asosiy vaqtda masalani hal qilishni rejalashtirgandik” Yangiliklar

Nikola Lazarevich: “Asosiy vaqtda masalani hal qilishni rejalashtirgandik”

O'zbekiston Coca Cola Kubogining chorak finali doirasidagi “So'g'diyona” – “Qizilqum” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin haqida nima deyishim mumkin? 120  daqiqalik ajoyib va qiyin o'yin bo'ldi. Biz mana shunday bahsni kutgandik. Alamlisi, kimdir mag'lubiyatga uchrashi kerak edi. O'yinda kutilmagan jihati shu bo'ldiki, “So'g'diyona” qarshi hujumlarga etibor qaratdi. Keyin o'yin rejamizdagidek davom etdi. 120 daqiqa kurashlarga boy o'yin bo'ldi. G'alaba qozongan taqdirimizda ham, bunga haqli ravishda erishgan bo'lardik. O'zbekiston kubogining keyingi bosqichiga yo'llanma olishni maqsad qilgandik. Afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Buyog'iga endilikda chempionat bahslariga etibor qaratamiz. 

- Jamoangiz qo'shimcha bo'lim va penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rganmidi?

- Ha, albatta, tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin maqsadimiz asosiy vaqtda masalani hal qilish edi. Lekin shunday bo'lsa-da, penaltilar seriyasiga mashg'ulotlar vaqtida tayrgarlik ko'rgandik. SHu o'rinda “So'g'diyona” jamoasini kubokning keyingi bosqichida omad yor bo'lishini tilayman. 

- Bugungi uchrashuv hakamlariga etirozingiz bormi?

- Bor. Lekin hakamlar ikki jamoa uchun xato qaror qabul qildi. Bu tomonlama durang deyish mumkin. SHunday bo'lsa-da, mana shunday darajadagi uchrashuvda VAR bo'lishi kerak edi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика