So’nggi yangiliklar

01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6

Neymar "Santos"dan "Barselona"ga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan korrupcion ayblovlardan oqlandi Yangiliklar

Neymar "Santos"dan "Barselona"ga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan korrupcion ayblovlardan oqlandi

"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Neymar Braziliyaning "Santos" klubidan Ispaniyaning "Barselona" klubiga o'tishidagi korrupcion holatga oid sud jarayonida oqlandi.

Davogar Braziliya investiciya kompaniyasi DIS,, Neymardan tashqari, uning ota-onasi, "Barselona" va "Santos", "Barsa"ning sobiq prezidentlari Xosep Mariya Bartomeu va Sandro Rosel, shuningdek, "Santos"ning sobiq prezidenti Odilio Rodrigesni aybladi. Qayd etilishicha, Ispaniya prokuraturasi transferga aloqador barcha shaxslarni oqlagan.

Barcha ayblanuvchilar tinglangandan so'ng, prokuror bu ishda jinoyatga ishora ham yo'qligini aytdi.

Prokurorlar dastlab Neymar uchun ikki yillik qamoq jazosini so'ragan. Hujumchi Kataloniya klubiga o'tish uchun olingan to'lovlarning bir qismini yashirganligi sababli firibgarlik va korrupciyada gumon qilingandi.

30 yoshli braziliyalik futbolchi 2013 yildan 2017 yilgacha “Barselona” safida to'p surgan va ispan klubi safida 186 ta o'yinda maydonga tushib, 105 ta gol urgan va 76 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика