Neymar Messining PSJga kelishi uning Mbappe bilan kelishmovchiligiga sabab bo'lganini aytdi
17 jan 19:20
Yangiliklar
Neymar Messining PSJga kelishi uning Mbappe bilan kelishmovchiligiga sabab bo'lganini aytdi
Hozirda "Al Hilol"da o'ynayotgan PSJ sobiq forvardi Neymar Lionel Messining Parij klubiga kelishi uning Kilian Mbappe bilan munosabatlariga tasir qilganini aytdi.
Argentinalik hujumchi parijliklar safiga 2021 yilda o'tdi. Neymar va Mbappe PSJda 2017 yildan beri birga o'ynashayotgandi.
"U [Mbappe] avvaliga muhim yigit edi, uni "tilla bola" deb atardim. U bilan gaplashardim, o'ynardim, unga eng yaxshilaridan biri ekanligini aytardim, doim gaplashib, yordam berardim. Leo kelganidan u meni qizg'anishni boshladi. U meni hech kim bilan bo'lishishni xohlamadi! SHunday qilib kelishmovchiliklar boshlandi, munosabatlar o'zgardi", — dedi Neymar.
Neymar 2023 yilda PSJni tark etdi. U francuz jamoasi safida jami 173ta o'yinda maydonga tushib, 118ta gol va 77ta assist qayd etdi. Braziliyalik 2023 yilning avgustida Saudiyaning "Al Hilol" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar